07:30 / 12.05.2020
3 451

Eronlik harbiylar adashib, o‘z kemasini cho‘ktirib yubordi

Eronlik harbiylar adashib, o‘z kemasini cho‘ktirib yubordi
Eronning "Jamaran" harbiy-dengiz floti kemasi mashqlar paytida o‘z kemasiga qarata o‘q uzdi. Kema halokatga uchradi. Uning bortida 40 nafar kishi bor edi, ular hammasi halok bo‘lgan, deya xabar bermoqda Eron mahalliy yarim rasmiy Tasnim axborot agentligi siyosiy bo‘limining direktori Mahdi Baxtiyoriy manbasi asosida Lenta.ru.

Xabarda aytilishicha, fojia Ummon ko‘rfazi yaqinida sodir bo‘lgan. Kemaga qarshi raketa otilgan va bu unga kuchli zarba bergan. Ma’lum qilinishicha, "Konarak" deb ataluvchi kema voqea joyida cho‘kib ketgan.

Hozircha ushbu ma’lumotlar Eron harbiy kuchlari tomonidan rasman tasdiqlangani yo‘q.

Jamaran - Moudge sinfining yetakchi frigat bo‘lib, 2010 yilda ishga tushirilgan va Eron harbiy flotidagi eng zamonaviy kemalardan biri hisoblanadi. Xitoyda ishlab chiqarilgan kemaga qarshi raketalar, torpedolar va bir nechta avtomatlar bilan qurollangan. O‘q otgan kema ekipaji 140 kishidan iborat bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronlik harbiylar adashib, o‘z kemasini cho‘ktirib yubordi