09:26 / 28.06.2020
2 067

JSST koronavirusning ikkinchi to‘lqini millionlab o‘limlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi

JSST koronavirusning ikkinchi to‘lqini millionlab o‘limlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi
Foto: AFP/Getty Images
Dunyoda koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz bergudek bo‘lsa, millionlab odamlar vafot etishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktorining strategik masalalar bo‘yicha yordamchisi Raneri Gerra aytib o‘tdi.

Mutaxassis koronavirus pandemiyasini XX asr boshidagi “ispan grippi”ga qiyoslagan va global ko‘lamda koronavirus pandemiyasi “JSST kutgandek avj olayotganini” aytgan.

Ispan grippi bilan taqqoslash u [ispan grippi] ham o‘zini hozirda koronavirus kabi tutganini ko‘rsatmoqda. 1918 yil yozida u pasaygan va sentabr hamda oktabrda qaqshatqich tarzda yana avj olgan va uning ikkinchi to‘lqini vaqtida 50 mln kishi halok bo‘lgan”, deb ta’kidlab o‘tdi Gerra.

Pandemiya o‘zini biz kutayotgandek tutmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan mutaxassis.

Raneri Gerra
Gerraning bu so‘zlari Yevropa va dunyoning boshqa mintaqalarida karantin cheklovlari yumshatilayotgani ortida yangradi.

Euronews telekanalining xabar berishicha, JSSTning Yevropadagi bo‘limi mutaxassislari Yevropada cheklovlar bekor qilina boshlangandan keyin koronavirus jadal tarqala boshlaganidan xavotir bildirishmoqda.

Mutaxassislar agar tezkor choralar ko‘rilmasa, Yevropa davlatlari sog‘liqni saqlash tizimi yana tanazzulga yuz tutishidan ogohlantirishmoqda.

JSSTning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy byurosiga kiruvchi davlatlarda oxirgi haftada 130 mingdan ko‘proq yangi kasallanish holati qayd etilgan. “Oxirgi 2 hafta davomida 30 ta davlatda yangi holatlar ko‘payayotgani qayd qilinmoqda. Bu davlatlardan 11 tasida infeksiya tarqalishi tezlashgani ko‘p sonda kasallanish holatlariga olib keldi va bunga qarshi biror chora ko‘rilmasa, Yevropa sog‘liqni saqlash tizimi yana tanazzulga yuz tutadi”, deb aytgan byuro direktori Xans Klyuge.

Worldometer portalining oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda dunyoda virusga chalinganlar soni 10 mlndan, undan vafot etganlar soni 500 mingdan oshib ketdi.

Ispan grippi (ispanka) epidemiyasi 1918 yil yanvaridan 1920 yilgacha davom etgan. Unga butun dunyoda kamida 550 mln kishi chalingan. Undan vafot etganlar soni 50-100 mlngacha baholanadi. Shunga ko‘ra, “ispanka”dan o‘lim darajasi 20 foizgacha yetgan.

Epidemiya Birinchi jahon urushining oxirgi kunlari boshlangan. Uning avj olishiga urush qiyinchiliklari – antisanitariya, yomon ovqatlanish, harbiy lagerlar va qochqinlar lagerlarining bir-biriga yaqin joylashgani olib kelgan.

Ushbu kasallikning ilk jabrdiydalari 1918 yil boshida AQSHda paydo bo‘lganiga qaramay, u “ispan grippi” nomini olgan. Bunga esa Birinchi jahon urushidagi harbiy senzura armiya va aholi o‘rtasida boshlangan epidemiya haqida xabar qilishga to‘sqinlik qilgani sabab hisoblanadi. Natijada neytral Ispaniya Yevropa davlatlaridan birinchi bo‘lib 1918 yil mayida epidemiya haqida oshkora ma’lum qilgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST koronavirusning ikkinchi to‘lqini millionlab o‘limlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi