Najib Razzoq / Foto: AP
2008-2018 yillarda Malayziyaning bosh vaziri bo‘lgan Najib Razzoq xizmat mavqeini suiiste’mol qilganligi uchun 12 yilga qamaldi.
Tergovchilar sobiq bosh vazir tomonidan asos solingan Malayziya suveren jamg‘armasidan 4 milliard dollar o‘g‘rilanganini isbotladilar.
Razzoqning partiyasi 2018 yil mayida parlament saylovlarida mag‘lubiyatga uchragan edi. Razzoq bosh vazirlikdan iste’foga chiqqach, unga nisbatan 681 million dollar mablag‘ni talon-toroj qilish, pora olish, pullarni yuvish, xizmat mavqeini suiiste’mol qilish holatlari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi.
Najib Razzoq korrupsiyaga aloqadorlik ayblovi bilan 2018 yil iyul oyida hibsga olindi. Malayziya politsiyasi unga nisbatan 681 million dollarning noqonuniy o‘zlashtirishi bilan bog‘liq 21 holat bo‘yicha ayblov e’lon qildi.
Keyinchalik u umumiy qiymati 1,5 mlrd ringgitga (367,9 million dollar) teng miqdordagi soliqni to‘lamaganlikda gumon qilindi. Bu ishlar bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi