Foto: «Riafan.ru»
Amerika qo‘shinining bir qismini Germaniyadan olib chiqish qarori AQSH prezidenti Donald Trampning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga «oxirgi sovg‘asi» bo‘ldi, deya xabar berdi «CNN».
Amerika telekanaliga ko‘ra, AQSH qo‘shini bir necha avlodlar davomida «Yevropada tinchlikni saqlab kelgan». Kontingentni olib chiqish to‘g‘risidagi qarori bilan Tramp Germaniyani NATO ehtiyojlari uchun to‘lovni kechiktirgani hamda Rossiya energiya manbalarini xarid qilgani uchun «jazoladi».
«CNN»ga ko‘ra, Amerika yetakchisi Germaniyaga katta zarar yetkazgan. Zararni qoplash uchun bir necha yillar kerak bo‘ladi. Telekanal, shuningdek, Bundestagning xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Norbert Rettgenning so‘zlarini keltirib o‘tgan. Nemis siyosatchisi qo‘shinni olib chiqish Shimoliy Atlantika ittifoqini zaiflashtirishini ma’lum qilgan.
Bavariya gubernatori Markus Soyederning fikricha, Trampning siyosati ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga katta zarba berdi. Biroq Rossiya Amerika ma’muriyatining qaroriga ijobiy munosabat bildirgan.
«Yevropada amerikalik askarlar qancha kam bo‘lsa, qit’a shuncha tinchroq bo‘lishini hech qachon yashirmaganmiz», — dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov. «CNN» uning ham so‘zlarini keltirib o‘tgan.
G‘arb OAVning fikricha, Trampning siyosati — «Kreml uchun sovg‘a». Telekanalning ta’kidlashicha, Moskva AQSH prezidentining kutilmagan yurishlarini o‘z maqsadlarida foydalanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi