21:51 / 22.03.2021
1 884

Fransiyalik rassom Renessans davriga oid Florentina saroyi devorlarini «vayron qildi»

Fransiyalik rassom Renessans davriga oid Florentina saroyi devorlarini «vayron qildi»
JR taxallusi bilan tanilgan fransiyalik ko‘cha rassomi Renessans davriga oid, hozirda san’at galereyasi joylashgan Strozzi palazzosi devoriga 28 metrli installyatsiyani chizdi. Rassom o‘zining yangi ishini Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan.

«Jarohat» (La Ferita) nomini olgan 28 metrli surat optik illyuziya shaklida ishlangan.

Rassomning ishi saroy fasadidagi ulkan yoriqni eslatadi. Tashqariga bino ichidagi eksponatlar — «Bahor» va «Veneraning tug‘ilishi» kartinalari ko‘rinib turgandek (aslida ushbu kartinalar qo‘shni Uffitsi galereyasida joylashgan).

Bu fransiyalik rassom va galereyaning hamkorlikdagi ishi hisoblanadi. Uning asosiy g‘oyasini san’at har qanday sharoitda, hatto koronavirus pandemiyasi kabi davrda ham rivojlanishi mumkinligi tashkil etadi.
[media=https://www.instagram.com/p/CMk9ypwMoo_/?utm_source=ig_embed]
«JR’ning ‘Jarohat’ ishi orqali yangi dasturni ochmoqdamiz, installyatsiya o‘zida koronavirus vaqtida madaniyatga erishish qiyinchiligi va shu bilan birga ozodlik, ijodiy tasavvur va ishtirokni aks ettiradi, shuningdek, u tomoshabinlarni o‘zgacha yo‘llar bilan jalb etish imkoniyati hamdir», — deydi Palazzo Strozzi bosh direktori Arturo Galansino.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyalik rassom Renessans davriga oid Florentina saroyi devorlarini «vayron qildi»