21:53 / 12.05.2021
2 875

Olimlar koronavirusning jinsiy quvvatga ta’sirini o‘rganishdi

Olimlar koronavirusning jinsiy quvvatga ta’sirini o‘rganishdi

Foto: «Maximonline.ru»
Mayami universiteti Miller tibbiyot maktabi olimlari COVID-19ning jinsiy quvvatga ta’sirini aniqladilar. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, koronavirus erkaklar jinsiy a’zosi to‘qimalarida tuzalgandan keyin ham uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Bu erektil disfunksiyaga olib kelishi mumkin, deb yozadi «World Journal of Men's Health» jurnali.

Ta’kidlanishicha, koronavirus infeksiyasining oqibatlaridan biri endotelial disfunksiya hisoblanadi. Bunday holatda mayda qon tomirlarining shilliq pardasi buziladi. Ular bilan oziqlanadigan to‘qimalarning esa qon bilan ta’minlanishi yomonlashadi va ular o‘z funksiyalarini bajarmay qo‘yadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qon tomirlarining bunday disfunksiyasi COVID-19 bilan kasallangan erkaklarda jinsiy quvvatsizlik rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Tadqiqotda koronavirusga chalingan ikki erkak ishtirok etdi: ulardan biri shifoxonaga yotqizilgan, ikkinchisida faqat yengil alomatlar kuzatilgan. Olimlar ular va COVID-19 bilan kasallanmagan ikki erkak jinsiy a’zosi to‘qimalaridan namuna olishgan va hammasini tahlil qilishgan. Buni qarangki, koronavirus kasallikni boshidan o‘tkazgan bemorning ikkalasida ham jinsiy a’zosi to‘qimalarida bo‘lgan. Shuningdek, ularda endoteliy buzilishining barcha alomatlari qayd etilgan. Nazorat guruhidagi sog‘lom erkaklarda esa hech qanday noxush holat aniqlanmagan.

«COVID-19 infeksiyasi rivojlanadigan erkaklar virus erektil disfunksiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bilishlari kerak. Agar ular tegishli alomatlar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishlari kerak», — deydi Mayami universiteti dotsenti va Miller maktabi reproduktiv urologiya dasturi direktori Ranjit Ramasami.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Olimlar koronavirusning jinsiy quvvatga ta’sirini o‘rganishdi