23:58 / 02.06.2021
4 416

AQSh ularga yordam bergan 18 000 afg‘onni o‘zlari bilan olib ketadi yoki o‘limga mahkum etadi


AQShning yuqori martabali generali Mark Mili Oq uyni Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlariga yordam bergan barcha 18 ming tarjimonni evakuatsiya qilishga chaqirdi. Agar ular vaqtida olib chiqib ketilmasa, Tolibon ularni o‘ldirishi mumkin.
Shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Mark Milining aytishicha, barcha 18 ming tarjimonni zudlik bilan xavfsiz joyga ko‘chirish rejasi bor edi, ammo Oq uy uning rejadan foydalanish chaqirig‘ini rad etgan.

AQSh Harbiy-havo kuchlari akademiyasida bitiruv marosimida Milli nutq so‘zladi.
«Bu yerda nafaqat tarjimonlar, balki Qo‘shma Shtatlar bilan birgalikda ishlagan ko‘plab odamlarni zudlik bilan olib chiqish uchun rejalar tuzilgan. Bizga yordam berganlar oldida ma’naviy majburiyatimiz bor», — dedi u.

Milli so‘rovini qo‘llab-quvvatlovchilar AQShni pandemiya boshlangan paytda 100 000 amerikalikni tezda xavfsiz joyga olib kelgan COVID-19 repatriatsiya reyslariga o‘xshash harakatlarni takrorlashga chaqirgan.
Ularning fikriga ko‘ra, AQSh qo‘shinlari prezident Bayden aytganidan ancha oldinroq, ya’ni 11-sentyabr kunigacha emas, balki iyul oyiga qadar Afg‘onistonni tark etishlari kerak.

Ammo harbiylar toliblar yana Afg‘oniston ustidan nazoratni o‘z zimmasiga olishga kirishayotgani haqida ogohlantirmoqdalar — ularning Islomiy suiqasd guruhlari, ayniqsa, AQSh armiyasiga yordam bergan tarjimonlarni nishonga olmoqda.

Fransiya qo‘shinlarining sobiq afg‘on tarjimonlari Kobuldagi Shahr-Nav bog‘ida namoyish paytida.
Afishada shunday deyilgan: «Biz (shunchaki) Mudofaa vazirligi uchun raqamlarmiz».
Ushbu oyda kamida besh kishi, 2014-yildan beri 300 dan ortiq kishi o‘ldirilgan.

Biroq Oq Uy zudlik bilan Millining murojaatiga qarshi chiqqan va Milliy Xavfsizlik Kengashi vakili «hozircha evakuatsiya qilish rejasi yo‘q. Davlat departamenti Kobulda maxsus immigratsion vizalar olish uchun arizalarni ko‘rib chiqmoqda. Ular tizimning AQSh xavfsizligi va boshqa dastur talablariga muvofiq tezkor ishlashini ta’minlashga qaratilgan», deya javob bergan.

30-aprel kuni Kobulda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishi paytida afg‘on tarjimonlari toliblar mamlakatni egallab olishidan oldin olib ketilishini iltimos qilishgan.

Nyu-Gempshirdagi Janna Shaxin va Ayova shtatidan Joni Ernst boshchiligidagi 20 nafar AQSh senatorlari o‘tgan hafta Baydenga maktub yo‘llab, minglab tarjimonlardan AQShga kelish uchun vizalar berishni talab qilishgan.
«Biz bu odamlarning Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan keyingi taqdiri haqida juda xavotirdamiz. Qo‘shinlar olib chiqib ketilgandan keyin AQShga yordam berganlarga qarshi toliblar tahdidlari haqida allaqachon xabarlar mavjud. Ushbu tahdidlarni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi», — deb yozishdi ular.

Kongress a’zosi Maykl Makkol va Vakillar Palatasining Tashqi aloqalar qo‘mitasi a’zosi va raisi Gregori Meks davlat kotibi Entoni Blinkenga tarjimonlarni olib chiqib ketishga jiddiy ehtiyoj borligini bildirganlar.
«Amerika Qo‘shma Shtatlari bizning missiyamizni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yganlarga bergan va’dalarini bajarishda ma’naviy mas’uliyat va milliy xavfsizlik manfaatiga ega», — deydi ular Blinkenga.

May oyi boshida 2009-yildan 2013-yilgacha jangovar operatsiyalarda AQSh qo‘shinlari bilan ishlagan afg‘on tarjimoni Muhammad Shoaib Valizoda AFPga bergan intervyusida AQSh o‘z va’dalarini bajarishi kerakligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh ularga yordam bergan 18 000 afg‘onni o‘zlari bilan olib ketadi yoki o‘limga mahkum etadi