21:23 / 03.07.2021
2 165

Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning yana bir haykali ochildi


Foto: Qozog‘iston prezidenti rasmiy veb-sayti
Qozog‘iston poytaxti Nursultondagi bog‘lardan birida mamlakatning birinchi prezidenti, millat yetakchisi Nursulton Nazarboyevning haykali ochildi. Marosimda amaldagi prezident Qosim-Jomart Toqayev qatnashdi.

Bu 6 iyul kuni 81 yoshni qarshilaydigan Nazarboyevning ikkinchi haykali. Birinchisi ham Nursultonda, Mudofaa milliy universitetida o‘rnatilgandi.

Ma’lumot o‘rnida: Qozog‘iston poytaxti nomi 2019 yildan birinchi prezident nomi bilan bir xilda jaranglay boshlagandi. Shaharga asos solingan 1830 yilda Akmolinsk, 1961 yildan Selinograd, 1992—1998 yillarda Oqmo‘la deb atalgan. 1997 yilda Nazarboyev tashabbusi bilan poytaxt Olmaotadan Oqmo‘laga ko‘chirilib, yarim yil o‘tib nomi Astanaga o‘zgartirilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning yana bir haykali ochildi