22:51 / 02.08.2021
2 626

Olimlar COVID-19’ning yangi shtammlarini keltirib chiqaruvchi omillarni aniqladi


Foto: ZUMA
Avstriya Fan va texnologiya institutining bir guruh olimlari ko‘plab mamlakatlarda cheklovlar olib tashlanganidan keyin koronavirusning  yangi shtammlari tarqala boshlaganini aniqladi. Olimlarning ishi Scientific Report jurnalida chop etilgan.

Olimlar epidemiologik model yaratib, COVID-19 mutatsiyalarining paydo bo‘lishi ikki omilga bog‘liqligini aniqladi: emlangan aholi ulushi va infeksiya yuqtirganlarning chegara soni.

«SARS-CoV-2 tarqalishiga juda o‘xshash parametrlardan foydalanib, biz pandemiya to‘lqinini modellashtiryapmiz hamda vaksinatsiya sur’ati va farmatsevtik bo‘lmagan choralar samaradorligining vaksinaga chidamli shtamm paydo bo‘lishi ehtimoliga ta’sirini ko‘rib chiqyapmiz. Kutilganidek, yuqori darajadagi vaksinatsiya bunday shtammning paydo bo‘lish ehtimolini kamaytirishini aniqladik», — deyiladi tadqiqotda.

Olimlarning ta’kidlashicha, odamlar emlangandan keyin ham niqob taqishni va ijtimoiy masofa saqlashni davom ettirishi kerak. Ularning fikricha, mamlakatlarda vaksinatsiya sur’atining har xil ekani tufayli hozirda kishilarning erkin harakatlanishi kasallanish xavfini tug‘diradi, shuningdek, aholi orasida yangi xavfli shtammlarni keltirib chiqaradi. Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, pandemiyani yengish uchun dunyo aholisining ko‘p qismini (kamida 60 foiz) emlash kerak.

«Oddiy tavsiyalardan biri bu — virusni past darajada ushlab turishdir. Buni hatto aholining ko‘p qismi emlangan bo‘lsa ham, muayyan vaqt davomida dori-darmonlarga oid bo‘lmagan choralar bilan, ya’ni ijtimoiy masofaga qat’iy rioya qilish orqali amalga oshirish mumkin. Ommaviy emlash paytida farmasevtik bo‘lmagan choralarni qo‘llash, vaksinaning samaradorligi ideal bo‘lmagan taqdirda ham infeksiyaning kamayishiga yordam beradi», — deydi olimlar.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu choralarni yanada samaraliroq qilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha omillar orasida quyidagilar ham bor:
  • keng qamrovli testlar;
  • aloqalarni diqqat bilan kuzatish;
  • ijobiy holatlarni yuqori darajada virusli sekvenlash;
  • harakatlanish bo‘yicha cheklovlar.
Olimlarning ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, ayrim mamlakatlarda vaksinatsiyaning kechikishi global miqyosda vaksinalarga chidamli shtammning paydo bo‘lish ehtimolini boshqalarga qaraganda oshiradi.

Olimlarning ta’kidlashicha, global muvofiqlashtirish bo‘lmasa, ba’zi populyatsiyalarda vaksinaga chidamli shtammlar mag‘lub bo‘lishi ammo boshqalarda saqlanib qolishi mumkin. Olimlarning xulosasiga ko‘ra, chidamli shtammning global tarqalish ehtimolini kamaytirish uchun butun dunyo bo‘ylab vaksinatsiya sur’atini oshirish lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar COVID-19’ning yangi shtammlarini keltirib chiqaruvchi omillarni aniqladi