Misr futbol assotsiatsiyasi Afrika Millatlar Kubogiga tayyorgarlik doirasida dekabr oyida Marokashda o‘tadigan xalqaro mini-turnirga qo‘shilish borasida kelishuvni yakunlash arafasida. Bu haqda Misrning Shorouk News nashri xabar tarqatdi.
Turnirda to‘rt jamoa — O‘zbekiston, Eron, Kabo-Verde va Misr — ishtirok etishi kutilayapti. Juftliklar qur’asiga ko‘ra, birinchi bahsda aynan Misr va O‘zbekiston maydonga tushadi, g‘olib esa Eron — Kabo-Verde o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi bilan finalda uchrashadi.
Hozircha musobaqaning aniq manzili va sanasi ochiqlanmagan. Shuningdek, O‘FA tomonidan rasmiy tasdiq ham berilmadi. Biroq turnir AMK (CAN) oldidan “fir’avnlar” uchun so‘nggi jiddiy sinov, O‘zbekiston uchun esa mundialgacha yana bir mustahkam tayyorgarlik maydoni bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati yo‘llanmasini allaqachon qo‘lga kiritgan. Misr termasi esa saralash bosqichidagi 2 o‘yinda faqat 1 ochko to‘plasa yetarli — ular final bosqichiga juda yaqin turibdi.
Qizig‘i, O‘zbekiston va Misr milliy jamoalari tarixda hali o‘zaro to‘qnash kelmagan. Demak, Marokashdagi o‘yin ikki terma uchun ham yangi sahifa va muxlislar uchun yangicha intriga bo‘ladi. Turnir bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinishi bilan xabarini yetkazamiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar