date

Jahonda mol go‘shti narxi tarixdagi rekord darajada

Jahonda mol go‘shti narxi tarixdagi rekord darajada

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, mol go‘shtining qiymati so‘nggi oltmish besh yil ichida ilk bor shunchalik baland darajaga yetdi. Hozirda ishlab chiqaruvchi narxi har kilogrammi uchun 6,9 dollarni tashkil etmoqda.

Mutaxassislar bu holatga bir nechta asosiy omillar sabab bo‘lganini ta’kidlamoqda:

- Dunyo bo‘ylab inflyatsiya darajasining oshishi,

- Qoramol yetishtirishning uzoq muddatli jarayoni,

- AQSH va Xitoyda go‘sht iste’moli keskin ortishi,

- Sut mahsulotlari bozoridagi qimmatlash,

- Iqlim o‘zgarishi tufayli qurg‘oqchilik va yaylov maydonlarining qisqarishi, shuningdek ozuqaning qimmatlashi.

Hisobotda qayd etilishicha, AQSH — dunyodagi yirik mol go‘shti ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, bugungi kunda ekologik muammolar sababli qoramol soni 1951 yildan buyog‘i eng past ko‘rsatkichga tushgan.

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqining ko‘plab davlatlarida ham go‘sht narxlarining ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Xitoy bozorida esa nafaqat mol, balki cho‘chqa va boshqa turdagi go‘sht mahsulotlari ham sezilarli ravishda qimmatlagan.

Avstraliya, Braziliya va Argentina kabi yetakchi eksportchi mamlakatlar ham mol go‘shti narxining o‘sishi va ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi bilan yuzma-yuz kelmoqda.

Mutaxassislar fikricha, agar iqlim va iqtisodiy bosimlar shunday davom etsa, mol go‘shti narxi yaqin yillarda yanada ko‘tarilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jahonda mol go‘shti narxi tarixdagi rekord darajada