date

Tadbir o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtda ko‘chalardan biri 72 soatga yopiladi

Tadbir o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtda ko‘chalardan biri 72 soatga yopiladi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan “24/7 Al-Xorazmiy” gastro-turizm ko‘chasida yirik ommaviy tadbir o‘tkazilishi munosabati bilan transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati rasman xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, 2025 yil 10 oktyabr soat 09:00 dan 13 oktyabr soat 09:00 gacha Al-Xorazmiy aylanma yo‘lidan boshlab 2-Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l qismi avtotransport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi. Mazkur cheklovlar tadbirning xavfsizligi va harakatni tartibga solish maqsadida joriy etilayotgani ta’kidlangan.

Hokimlik fuqarolar va haydovchilardan safar rejalarini ushbu holatni hisobga olgan holda tuzishlarini, shuningdek, muqobil yo‘nalishlardan foydalanishlarini tavsiya qilmoqda. Ko‘chada jamoat xavfsizligi va harakatni muvofiqlashtirish uchun maxsus xizmatlar faoliyat yuritadi.

Shu munosabat bilan shahar aholisi va mehmonlaridan vaqtincha noqulayliklar uchun tushuncha bilan yondoshish so‘raldi. Tuman hokimligi ma’lum qilishicha, tadbir yakunlanganidan so‘ng ko‘chadagi harakat to‘liq tiklanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tadbir o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtda ko‘chalardan biri 72 soatga yopiladi