20:00 / 15.08.2021
2 782

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’fo berdi va Tojikistonga jo‘nab ketdi

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’fo berdi va Tojikistonga jo‘nab ketdi
Prezident Ashraf G‘anining Kobul xalqaro aeroportidagi plakatga tushirilgan surati
Foto: AP Photo

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’fo berdi va Tojikistonga uchib ketdi. Bu haqda Tojikistonning Asia-Plus nashri G‘ani hukumati amaldorlaridan biri Sajad Nuristoniyga tayanib xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ashraf G‘aniga uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulla Muhib va ma’muriyat rahbari Fazl Mahmud Fazliy hamrohlik qilmoqda.

Nuristoniy qayd etishicha, Tojikistondan keyin G‘ani uchinchi mamlakatga uchib ketishi kerak, ammo qaysi mamlakat ekani hozircha noma’lum.

Mamlakatda o‘tish davri hukumati rahbari majburiyatlarini Afg‘oniston sobiq ichki ishlar vaziri Ahmad Jaloliy o‘z zimmasiga oldi.
Avvalroq «Tolibon» iste’fo berishi kutilayotgan prezident Ashraf G‘anidan hokimiyatni qabul qilib olmasligini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’fo berdi va Tojikistonga jo‘nab ketdi