10:38 / 21.08.2021
2 665

«Tolibon» Afg‘onistonni qayta tiklashda yordam so‘radi

«Tolibon» Afg‘onistonni qayta tiklashda yordam so‘radi
«Tolibon» Kobuldagi prezident saroyida
Foto: AP Photo

«Tolibon» harakatining Qatardagi siyosiy idorasi vakili Muhammad Suhayl Shohin chet mamlakatlarga Afg‘onistonni tiklashda va uning tabiiy resurslarini qazib olishda qatnashishni taklif qildi, deb yozadi «Kommersant’». Uning so‘zlariga ko‘ra, bu taklif barcha mamlakatlarga tegishli.

«Biz endigina urush va vayronagarchiliklar bosqichidan chiqib, yangi davrga kirdik, bunda Afg‘oniston xalqiga boshqa mamlakatlarning yordami zarur bo‘ladi. Ular bizga sog‘liqni saqlash, infratuzilma, ta’lim va boshqa sektorlarda yordam berishi kerak. Ular kelib, bizning tabiiy resurslarimizni qazib olishi mumkin», — dedi Muhammad Suhayl Shohin.

Uning ta’kidlashicha, harakatning taklifi «barcha mamlakatlarga» qaratilgan bo‘lib, «Tolibon» «Afg‘oniston tarixidagi shunday qiyin bir paytda har qanday davlatning yordamini qadrlaydi».

Avvalroq «Tolibon» BMTdan mamlakatda qolishni va insonparvarlik faoliyatini davom ettirishni so‘ragan edi. BMTning Afg‘onistondagi gumanitar masalalar bo‘yicha koordinatori Ramiz Alakbarovning ta’kidlashicha, tashkilot «Tolibon» bilan aniq kelishuvlarga ega emas.

Bu orada «Tolibon» ba’zi afg‘onistonlik amaldorlarni hibsga oldi. Mamlakat sobiq hukumatining ba’zi vakillari oila a’zolari xabar qilishicha, qarindoshlari g‘oyib bo‘lgan yoki «Tolibon» tomonidan qo‘lga olingan.

ToloNews telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, «Tolibon» harakati, xususan, Lag‘mon viloyati sobiq gubernatori va sobiq politsiya boshlig‘ini hibsga olgan, G‘azni viloyati sobiq politsiya boshlig‘i ham g‘oyib bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» Afg‘onistonni qayta tiklashda yordam so‘radi