22:43 / 23.08.2021
3 770

Kobul aeroportida yong‘in boshlandi (video)

Kobul aeroportida yong‘in boshlandi (video)
Foto: «News.sky.com»
Kobul aeroportida yong‘in boshlangan. Voqeaga guvoh bo‘lgan «Twitter»ga tegishli videoni joylashdi. Kadrlarda aeroport hududida nimadir yonayotgani va tutun ko‘tarilayotgani aks etgan. Voqea sabablari hozircha aytilmayapti, qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.

15 avgustda «Tolibon» harakati butun Afg‘oniston hududida nazorat o‘rnatganini e’lon qildi. Uning vakillari Kobuldagi davlat televideniyasini nazoratga oldi va o‘z murojaatida fuqarolarni tinchlanishga chaqirdi.

Kobulda minglab odamlar mamlakatdan chiqib ketish maqsadida aeroportda to‘planishdi. Bir necha kishi tiqilinch yoki AQSH Harbiy havo kuchlari samolyotlari shassisida halok bo‘ldi.

Avvalroq AQSH Afg‘onistonning Kobul aeroportiga kirish qoidalarini o‘zgartirishga qaror qilgan edi. Endi aeroportdan faqat amerikaliklar, yashil karta egalari va NATO mamlakatlari fuqarolari ucha oladilar. Yangi qoida 23 avgust, dushanba kuni kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kobul aeroportida yong‘in boshlandi (video)