Harbiy ekspert F-35 qiruvchi samolyoti nega AQSHning eng yomon samolyotlari safidan joy olgani haqida fikr yuritadi.
Yaqinda ro‘y bergan seriyali "gipertovushli" muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, AQSHning yuqori texnologiyali qurollari taraqqiyoti halokatini F-35 Lightning II qiruvchi samolyoti juda yorqin aks ettiradi. U amerikalik mutaxassilar tomonidan eng yomon samolyotlar beshligiga kiritilgan.
AQSH harbiy tahlilchilari muvaffaqiyatsizlikka uchragan aviatsion loyihalar ro‘yxatini tuzishdi, ular orasida beshinchi avlod qiruvchisi F-35 Lightning II (Yashin) haqli ravishda Pentagon tarixidagi eng yomon samolyotlar beshligidan o‘rin oldi. Shuningdek, "qanotli omadsizlar" safidan amerikaning Convair F-102 Delta Dagger, Grumman F-11 Tiger, Vought F7U Cutlass va Bell P-59 Airacome samolyotlari o‘rin oldi. Ular turli vaqtlarda AQSH harbiy havo kuchlarining umidlarini puchga chiqargan.
Ilgariroq Business Insider portali AQSH armiyasining eng yomon qurollari ro‘yxatiga stels-qiruvchi F-35 samolyotini kiritgan edi. Bloomberg agentligi xabar berishicha, Amerika “yashinlari” Rossiya va Xitoy harbiy havodan hujumga qarshi mudofaa samolyotlaridan sezilarli darajada ortda qolmoqda. Sputnik ham shu jumladan, F-35 samolyotining sozlab bo‘lmas konstruktiv kamchiliklari, juda qisqa muddat xizmat qilishi (aytilgan muddatdan to‘rt barobar qisqa – 2100 uchish soati) va texnik xizmat ko‘rsatishning murakkabligi (so‘nggi ko‘rsatilgan texnik xizmatdan so‘ng "ko‘rinmaslarning" aksariyati jangovar shayligi ishdan chiqishiga sabab bo‘lgan edi). Shunday bo‘lsada, Amerika “ko‘rinmaslari” hayratlantirishda davom etmoqda.
Pentagon 2025 yilgacha 1700 dona F-35 qiruvchilarini harbiy shay holatga keltirishini e’lon qilgan edi, ammo 2021 yil sentabrida “Yashin” rasman seriyali ishlab chiqarishga munosib ko‘rilmadi. AQSH Harbiy havo kuchlari bugungi kunda 300 dona F-35 qiruvchi samolyotidan foydalanadi, yangi harbiy mashinalarni ishlab chiqarish esa atayin keskin kamaytirilmoqda – 2023 yilda va undan keyin 156 dona ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Qiymati 1,4 trillion dollarga teng so‘nib borayotgan loyihani amerikalik mutaxassislar allaqachon “milliy fojea” sifatida baholashgan. AQSH armiyasi, harbiy havo kuchlari va harbiy dengiz kuchlarining yuqori texnologiyali qurollari mavhum tanazzulga yuz tutayotgani kuzatilmoqda.
Nojangovar avlod
Pentagon F-35 samolyotini rasman ishlab chiqarishni ortga surishi birinchi marta bo‘layotgani yo‘q, boshqacha aytganda, amerikalik uchuvchilar va ittifoqchilar rasman oxirigacha yetkazilmagan samolyotlar (tobutlar)da uchishmoqda, marketingning bu tizimi esa beixtiyor hayratlarga sabab bo‘lmoqda. F-35 qiruvchisining eksplutatsion xarajatlari soatiga taxminan 35 000 dollarni tashkil etadi. Umumiy hisobda 700 ta shunday samolyotga ega amerikaliklar va chet ellik buyurtmachilar bugungi kunda ishonchliroq va kam xarajatliroq samolyotlarni izlashmoqda.
AQSH Harbiy havo kuchlari kelgusida F-35A qiruvchisida yangi, yanada qudratli va iqtisodiy jihatdan kamxarj dvigatellarni qo‘llashni maqsad qilmoqda - bu Adaptive Engine Transition Program dasturidan bo‘lib, u F-35C (HDK) i F-35B (Dengiz piyodasi) uchun mo‘ljallangan modifikatsiyalar o‘lchamlariga to‘g‘ri kelmaydi. Agar harbiy havo kuchlari dvigatelni integratsiya qilsa, bu F-35 parki xarajatlarini keskin oshiradi, chunki mutaxassislar bir vaqtning o‘zida turli detallar va jihozlarga ega ikki turdagi dvigatelga xizmat ko‘rsatishiga to‘g‘ri keladi. AQSH harbiy havo kuchlari vaziri Frenk Kendall 2025 yilda F-35 qiruvchisining xarajatlari uchish soati 25000 dollarga tushirilishiga ishonchsizlik bilan qaraydi. Shu tariqa “Yashin”dan tinchlik maqsadida foydalanish kichikroq urush xarajatlaridan ham ortib tushmoqda.
“Ko‘rinmas”ning jangovar samaradorligi na Pentagon, na AQSHning harbiy mojarolar hududlaridagi ittifoqchilari tomonidan rasman tasdiqlanmagan. Aksincha, 2017 yilda (Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Avigdor Liberman bilan muzokaralar o‘tkazish uchun kelgan kun) Suriyadagi aviazarbalar paytida Isroil HHKga tegishli F-35 samolyoti Suriyaning Rossiyada ishlab chiqarilgan S-200 “Yer-havo” ZRM raketasi tomonidan urib tushirilgan. O‘shanda isroilliklar F-35 havoda qush bilan to‘qnashib halokatga uchragani haqida bayonot bergan, ammo fotosuratlar bilan bu versiyani tasdiqlashmadi. Rossiya va Turkiyaning havodan hujumga qarshi tizimlari mutaxassislari tomonidan “Yashin”ning radarlarda ko‘rinishi bir necha bor tasdiqlangan. O‘z-o‘zidan bu AQSH texnologiyasi inqirozini anglatadi.
Eslatib o‘taman – amerikaliklarning yana bir shov-shuvli loyihasi – beshinchi avlod F-22 Raptor qiruvchisi 1981 yildan buyon shu qadar uzoq takomillashtirildiki, jarayon tugagunga qadar ko‘plab parametrlar bo‘yicha eskirdi. Boshida AQSH harbiy havo kuchlari 750 dona F-22 qiruvchisini olishni rejalashtirgan edi (har biri 35 mln dollar), 1997 yilda Amerika ma’muriyati buyurtmani 339taga, 2003 yilda esa 277tagacha qisqartirdi. Natijada bor-yo‘g‘i 187ta qiruvchi ishlab chiqarildi, F-22 Raptor samolyotlarini ishlab chiqarish esa to‘xtatildi. Aftidan, tarix qaytarilmoqda, ammo amerikaliklar bundan aslo xijolatda emas. AQSH harbiy havo kuchlari “havoda muqarrar ustunlikka erishish” haqida balandparvoz rejalar tuzmoqda.
Fizika qonunlariga zid ravishda
Amerikalik oliy martabali harbiy qo‘mondon Mark Kelli kuni kecha so‘nggi 20 yilda AQSH harbiy havo kuchlari “qulay muhitda” jangovar harakatlar uchun optimallashtirilgani va “eng katta dushman” – Xitoy bilan nizolarda g‘alaba qozonish uchun inqilobiy o‘zgarishlar talab qilinishi haqida gapirdi. Kelliga ko‘ra, "Xitoy harbiy kuchlari va tizimi shunday tuzilganki, jangning ilk 30 daqiqasidayoq so‘nggi 30 yilda bizning Yaqin Sharqdagi yo‘qotishlarimizdan ko‘proq yo‘qotish berishi kerak. Shu o‘rinda, aytish kerak-ki, Xitoy AQSHga nisbatan tinchlik kayfiyatida, ammo amerikaliklarni bu qiziqtirmaydi.
General Kellining qayd etishicha, Rossiya Qrimni “birorta o‘q otmasdan” "bosib olgan" bo‘lsa, Xitoy esa shu tarzda Janubi Xitoy dengizining bir qismiga da’vo qildi, chunki raqiblarning rivojlangan havodan hujumga qarshi mudofa tizimlari tufayli AQSH bunday vaziyatlarga qarshi kurashishi qiyinlashdi. Jahonda ustunlikni qaytarish maqsadida AQSH o‘zining harbiy havo kuchlari yordamida “bahstalab suveren havo maydoniga” kirish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim. Afg‘onistondagi 20 yillik omadsiz harbiy janglaridan saboq chiqarmagan amerikaliklar hali ham hech narsani anglamagan ko‘rinadi, yangi urushga tayyorlanmoqda.
General Kellining fikriga ko‘ra, bugungi kunda ishlab chiqirilishi oxiriga yetkazilmagan Amerika qiruvchilari yaqin kelajakda NATO harbiy kuchlari katta yo‘qotishlarsiz kira olmaydigan A2/AD (Anti-Access/Area-Denial o‘ta xavfli hududlariga kirib, raqibning barcha havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari, aviatsiyasi va muhim ob’ektlarini ishdan chiqaradi.
Amerikaning oltinchi avlod Next Generation Air Dominance programmasi oldiga butun boshli integratsiyalashgan tizim: uchuvchilar tomonidan boshqariladigan samolyotlar, uchuvchisiz qurilmalar, kosmik apparatlar va kiberplatformani shakllantirish rejasi qo‘yilgan. O‘lmasak, ko‘ramiz.
Ushbu yuqori texnologiyali loyihada deyarli yangilik yo‘q. Shunchaki, ko‘pqutbli dunyodagi reallikka qarama qarshi “amerikacha ustuvorlik” va jahonda hukmronlik o‘rnatish haqidagi eski qarashlar bo‘y ko‘rsatmoqda. Ammo AQSHning ishonchsiz F-35 qiruvchilari va yomon uchadigan (sinov uchishlarida) gipertovushli raketalari surunkali tarzda texnologik ortda qolayotganidan dalolat bermoqda. Bir so‘z bilan aytganda, ilohiy kuch "suzag‘on sigirni shoxsiz qoldirmoqda".
Aleksandr Xrolenko
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi