Steven Gerrard: Arsenal Chempionlar ligasi finalida autsayder hisoblanadi

Liverpulning sobiq sardori Steven Gerrard Arsenal Chempionlar ligasi finalida PSJga qarshi bahsda autsayder bo‘lishini ta’kidladi. U Mikel Arteta shogirdlari Yevropa tojini qo‘lga kiritish uchun finalda mukammal o‘yin ko‘rsatishi shartligini qayd etdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
PSJ yarim finalda Bavariya jamoasini umumiy hisobda 6:5 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Gerrard fransuz klubining tajribasi, hujumdagi mahorati va tarkib chuqurligi ularni yaqqol favoritga aylantirayotganini aytib o‘tdi.
Gerrardning fikricha, Arsenal uchun autsayder maqomi bosimni kamaytirishi mumkin. U London klubi o‘zining jismoniy kuchi va standart vaziyatlardagi ustunligidan foydalanib, PSJ himoyasini qiyin ahvolga solishi kerakligini ta’kidladi.
"Arsenalga biroz omad kerak bo‘ladi. Ular PSJni o‘zlari istamagan o‘yinga majburlashlari va maydonda har bir daqiqadan unumli foydalanishlari lozim", — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!