Samsung Galaxy smartfonlari uchun Google Play System yangilanishi chiqdi

Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy smartfonlari uchun Google Play System tizimini yangilashni boshladi. Atigi 10 MB hajmdagi ushbu kichik yangilanish qurilmadagi dasturiy ta’minot sanasini 2026-yil 1-martdan 1-aprelga o‘zgartiradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Hozircha yangilanish Hindistondagi Galaxy S26 Plus foydalanuvchilari tomonidan qayd etilgan. Yaqin vaqt ichida mazkur yangilanish boshqa mintaqalardagi Samsung qurilmalariga ham yetib borishi kutilmoqda.
Garchi yangilanishning aniq tarkibi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan bo‘lsa-da, Google Play System odatda xatolarni tuzatish, tizim barqarorligini oshirish hamda Android komponentlari va Google xizmatlarini optimallashtirish uchun xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Samsung yaqindagina One UI 8.5 operatsion tizimining yakuniy versiyasini taqdim etgan edi. Ushbu kichik yangilanish esa tizim xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!