Vincent Kompany Chempionlar ligasidagi hakamlikdan norozi

1 daqiqa o'qish337
Vincent Kompany Chempionlar ligasidagi hakamlikdan norozi

Bavariya bosh murabbiyi Vincent Kompany Chempionlar ligasi yarim finalida PSJga qarshi kechgan bahsdan so‘ng hakamlar qarorini keskin tanqid qildi. Myunxenliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:5 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etishdi. Uchrashuv davomida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar, xususan, penalti belgilanmagani nemis klubi vakillarining g‘azabiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

O‘yinning eng muhim pallalaridan birida Vitinhaning to‘pni uzoqlashtirishga urinishi jamoadoshi Joao Nevesning qo‘liga tegdi. Hakam Joao Pinheiro qoidalarga ko‘ra, to‘p yaqin masofadan jamoadoshidan kelib tekkan taqdirda penalti belgilanmasligini asos qilib oldi. Kompany esa bu qarorni mantiqsiz deb atab, hakamlar jamoasining umumiy yondashuvidan noroziligini yashirmadi.

Shuningdek, PSJ himoyachisi Nuno Mendesning jarima maydonchasi yaqinida to‘pni qo‘li bilan to‘xtatib qolgani ham katta bahslarga sabab bo‘ldi. Ikkinchi sariq kartochka olishi kerak bo‘lgan futbolchini hakam maydondan chetlatmadi. Kompanyning fikricha, hakam o‘yin taqdiriga ta’sir qiluvchi bu kabi muhim qarorlarni qabul qilishda ikkilanib qolgan.

Bavariya uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq Ousmane Dembele tomonidan kiritilgan goldan so‘ng hisobda ortda qolgan edi. Shunga qaramay, jamoa oxirigacha kurashdi, biroq hakamlik qarorlari yakuniy natijaga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Kompany o‘z shogirdlarining mehnatini yuqori baholab, ikki o‘yin davomida Bavariya darvozasiga nisbatan adolatsizliklar ko‘p bo‘lganini ta’kidladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?