Afg‘onistonda «Tolibon» harakatining oliy rahbari Haybatulla Ohunzoda ayollar huquqlari bo‘yicha maxsus farmon chiqardi. Bu haqda «Tolibon» rasmiy vakili Zabihulla Mujohidga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.
Farmonda qayd etilishicha, «Tolibon» rahbariyati barcha tegishli mutasaddilar, din ulamolari va oqsoqollarga ayollarning quyidagi huquqlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rishni topshiradi: voyaga yetgan ayolni turmushga uzatishda uning roziligi talab qilinadi, hech kim ayollarni turmushga chiqishga majburlay olmaydi.
Farmonda aytilishicha, «ayol mulk emas, hurmatli va ozod inson, hech kim uni hech kimga biror manfaat evaziga berib yubora olmaydi». Unga ko‘ra, «eri vafot etib, shariat iddasidan o‘tgandan so‘ng, beva ayolni kimgadir majburan nikohlab berish mumkin emas».
Hujjatda aytilishicha, beva ayol yangi turmush o‘rtog‘idan mahr olish huquqiga ega. «Ayol (vafot etgan) eri, farzandlari, otasi va boshqa qarindoshlarining mulkidagi merosdan belgilangan ulushini olish huquqiga ega. Uni hech kim bu huquqdan mahrum qila olmaydi», — deyiladi xabarda.
Farmonda, shuningdek, bir nechta ayolni nikohiga olgan erkak ushbu ayollarning barchasiga shariat asosida huquqlar berishga, ular o‘rtasidagi munosabatlarda adolatga rioya qilishga majbur ekani qayd etilgan.
Hujjatda ta’kidlanishicha, Haj va diniy ishlar vazirligiga ulamo va da’vatchilarni ayollar huquqlari bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan yaqindan tanishtirish vazifasi yuklatilgan, bundan maqsad ular o‘z ma’ruzalari orqali ayollarga zulm qilish, ularning haq-huquqlarini inkor etish Allohning g‘azabiga sabab bo‘lishini odamlarga tushuntirishi lozim.
Axborot va madaniyat vazirligiga xotin-qizlar huquqlariga oid foydali materiallarni o‘z vositalaridan foydalangan holda yozma va audio shaklda doimiy ravishda tarqatib borish tavsiya etiladi. Shuningdek, ulamolar e’tiborini xotin-qizlarning shar’iy huquqlariga qaratish, tushuntirish olib borish, ularga nisbatan zulm davom etishining oldini olish maqsadida imkon darajasida eng muhim risolalarni chop etish topshirilgan.
Oliy sud barcha sudlarga ayollarning, ayniqsa, beva ayollarning huquqlari va ularga nisbatan tazyiqlar to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqish va ularni kamsitmaslik haqida ko‘rsatma berishi zarur etib belgilandi. Tumanlar hokimlari va rahbarlariga mazkur farmon ijrosini ta’minlashda yuqorida aytilgan vazirliklar va Oliy sud bilan har tomonlama hamkorlik qilish vazifasi yuklatildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»