23:23 / 12.12.2021
2 879

Tanasidan "bosh olib" ketuvchi jonivorni bilasizmi?

Tanasidan "bosh olib" ketuvchi jonivorni bilasizmi?
Yaponiyalik tadqiqotchilar dengiz shilimshiqlari parazitlardan tozalanish uchun o‘z tanalaridan “bosh olib ketishlarini” aniqlashdi.
Yaponiyalik olimlar dengiz shilimshiqlarining bir turi kerak bo‘lganda o‘z tanasini tashlab, butunlay qayta tiklashga qodir ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu kashfiyot regenerativ tibbiyot uchun muhim asos bo‘lishi mumkin.

Olimlar Mito Sayaka va Yusa Yoichining yozishicha, bu radikal yo‘l bilan dengiz shilimshiqlari parazitlardan xalos bo‘ladi. Ularning qo‘shma maqolasi shu hafta Britaniyaning Current Biology ilmiy jurnalida chop etildi. Yashil shilimshiqlarning terisida suv o‘tlari hujayralari mavjud, shuning uchun ular o‘simliklar kabi yorug‘lik bilan oziqlanishi mumkin, ular yangi tanani qayta tiklaguncha, taxminan 20 kun davom etadi.

Xotin-qizlar universiteti doktoranti Nara Mito Sayaka bir kuni Sacoglossa deb nomlanuvchi mollyuska o‘z-o‘zidan tanasidan boshini ajratib olganini payqaydi.

"Men hayron bo‘ldim va u tez orada o‘ladi, deb o‘yladim, lekin u harakat qilishda va ovqat yeyishda davom etdi", deb izoxlaydi Mito. "Men uni yana bir muddat kuzatdim va uning yuragi va tanasi butunlay qayta tiklaganini ko‘rdim."

Bu kuzatishlar tadqiqotning asosini tashkil etdi va laboratoriyada butun yashash jarayoni kuzatilgan 15 ta shlimshiqdan beshtasi va tabiiy muhitida kuzatilgan bitta mollyuska bo‘yinning ma’lum bir qismidan boshlab tanasini tashlab ketganligi aniqlandi. Va hatto ulardan biri buni ikki marta amalga oshirdi. Har safar shilimshiqning yuragi tashlangan tanada qoldi, u bir muncha vaqt yashashni davom ettirdi, ammo unda boshning yangilanishi sodir bo‘lmadi.

"Ildiz hujayralarining hayratlanarli jihatlaridan biri shundaki, ular hayvonning boshi chetidan yurak va tanani qayta tiklash uchun ishlatilishi mumkin", deb tushuntiradi Mito. "Keyingi tadqiqotlar davomida biz ushbu kashfiyotlarni regenerativ tibbiyotda qo‘llashimiz mumkin, ammo hozirgi bosqichda bu hali ham juda xayoliy umid."

Alohida tana qismlarini ataylab tashlab yuborish, so‘ngra regeneratsiya qilish fanda avtotomiya deb ataladi va ko‘plab hayvonlarda keng tarqalgan. Biroq, olimlarning fikriga ko‘ra, ular avtotomiyaning bunday radikal shakliga birinchi marta duch kelishmoqda.

Dastlab, ular dengiz shilimshiqlari shu tarzda yirtqichlardan qochib ketadi deb o‘ylashdi, ammo endi ular tanani tashlab yuborish mexanizmi ko‘payishning oldini oladigan parazitlardan xalos bo‘lish uchun mo‘ljallangan deb hisoblashmoqda.

Yaponiyadagi Nara xotin-qizlar universiteti laboratoriyasida 2020 yil 2 sentabrda olingan va universitet aspiranti Mito Sayaka tomonidan chop etilgan ushbu fotosuratda Elysia marginata turiga mansub dengiz chanog‘ining boshi va tashlab ketilgan tanasi ko‘rsatilgan. Surat Reyters ruxsati bilan 2021 yil 10 martda Mito Sayaka tomonidan olingan.

Nodirali Normahamatov,
kimyo fanlari doktori.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tanasidan "bosh olib" ketuvchi jonivorni bilasizmi?