date

Meta O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchi bo‘lib qolmoqda

Meta O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchi bo‘lib qolmoqda

Meta O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchi kompaniya bo‘lib qolmoqda, deb UZ24.uz xabar berdi. Joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida elektron xizmat ko‘rsatuvchi 73 ta xorijiy kompaniya jami 124,8 milliard so‘m soliq to‘lagan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 44 foizga yuqori. To‘langan soliqlarning 93 foizi atigi 10 ta yirik kompaniyaga to‘g‘ri keladi.

Meta 35,2 milliard so‘m to‘lab birinchi o‘rinda turibdi. Keyingi o‘rinlarda Apple – 35,1 mlrd so‘m va Google – 31,2 mlrd so‘m. Shuningdek, OpenAI, Booking.com, TikTok, Netflix, Acca, Zoom va Adobe ham ro‘yxatda bor.

Soliq kodeksining 281-moddasiga ko‘ra, xorijiy elektron xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar har chorakdan so‘ng 20 kun ichida hisobot topshirib, to‘lovni amalga oshirishi shart.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Meta O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchi bo‘lib qolmoqda