18:53 / 03.03.2022
2 106

Rossiyaning yangi iqtisodiyoti endi qanday bo‘ladi?

Rossiyaning yangi iqtisodiyoti endi qanday bo‘ladi?
Foto: «Izvestiya» / Kristina Kormilitsina
Ukrainada maxsus harbiy operatsiyalar boshlanganidan beri Rossiya iqtisodiyoti keskin o‘zgardi: dollar kursi 100 rubldan oshdi, Markaziy bank stavkalari 20 foizgacha o‘sdi, xorijiy sarmoyadorlar esa aktivlar boshqaruvidan mahrum qilindi. Yangi sharoitlarda Rossiya iqtisodiyoti qanday tus olishi haqida Forbes Russia gapirib berdi.

Rossiya iqtisodiyoti 2022 yilda yangi sharoitlarda yashashga o‘rganishi kerak. Markaziy bankning ta’kidlashicha, pandemiyadan keyingi narxlarning oshishi mamlakat uchun asosiy xavfga aylangandi.

Markaziy bank aholidan pul sarflashni emas, balki jamg‘arishni so‘rab, shu orqali inflyatsiyani 4 foizga tushirish maqsadida, 2022 yil stavkalarini ikki baravarga – 8,5 foizgacha oshirdi. Ammo «Ukrainadagi maxsus operatsiyalar»ning boshlanishi Markaziy bank taklifini o‘zgartirib yubordi.

AQSH, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlar Rossiyaga qarshi eng shavqatsiz sanksiyalarni joriy qildi. Ular Rossiyaning eng yirik banklariga, import va eksport sohalariga, va hattoki Markaziy bankning xalqaro zahiralariga cheklovlar o‘rnatdi.

So‘nggi qo‘llangan chora, Rossiyaning rubl kursini qulashdan saqlab qoluvchi imkoniyatini ham tortib oldi.

Kecha tongda (2 mart 2022 yil) Markaziy bank stavkalarni bir yo‘la 10,5 bazaviy punktga, ya’ni 20 foizgacha oshirishini ma’lum qildi, Moliya vazirligi esa eksportchilarga daromadlarning 80 foizini valyutada sotish majburiyatini yukladi.

Bundan tashqari, Markaziy bank inqirozdan ko‘rilgan zararni kamaytirish niyatida, rossiyalik brokerlariga xorijiy investorlarning qimmatli qog‘ozlarini sotishni taqiqladi.

Foto: «TASS» / Artyom Geodakyan
Iqtisodiyot qanchaga qulaydi
Ikkinchi chorakda ichki yalpi mahsulot hajmi o‘tgan chorakka nisbatan 20 foizga tushib ketishi mumkin, deb hisoblaydi J.P. Morgan tahlilchilari.

Forbes tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashgan ko‘plab iqtisodchilar mamlakatda iqtisodiyot retsessiyasi yil bo‘yi kuzatilishi mumkinligini tasdiqlashdi.

Retsessiya yilning ikkinchi choragida boshlanishi mumkin, deydi «Kapital» nafaqa jamg‘armasi bosh iqtisodchisi, bundan oldin iqtisodiy rivojlanish vaziri maslahatchisi bo‘lgan Yevgeniy Nadorshin.

Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, yil sarhisobi bo‘yicha YAIM 2-3 foizga qisqaradi.

«Birinchi chorakda aholining kuchli vahimasi inqirozni bir muncha to‘xtatib turadi – odamlar oziq-ovqatni g‘amlab olish ilinjida bozorga chopishadi», — deydi mutaxassis.

- Yillik inqiroz yetarlicha kuchli bo‘lib, muammo hatto yuqori stavkalarda ham emas, – deydi «Skolkovo-RЕSh» Moliyaviy texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi rahbari Oleg Shibanov.

COVID-19 pandemiyasi davridagi kabi, ko‘plab tovarlarni topib bo‘lmaydi. Aynan shuning uchun biznes faoliyati cheklanadi.

Narxlar qanchalik oshadi?
- Ishlab chiqarish xarajatlari narxlarga ta’sir etgani sabab, oziq-ovqat mahsulotlari yaqin oylarda sezilarli ravishda oshadi, – deb taxmin qiladi Shibanov.

Bundanda yuqori inflyatsiya darajasi elektronika va maishiy texnikalar segmentida yuz beradi, deb davom ettiradi u.

«Rossiyaliklar pasayib borayotgan kurs holatiga qarab, peshtaxtalardan butun bor narsani olib ketishmoqda, oxir-oqibat ortib borayotgan talab hajmi narxlarni yanada oshishiga sabab bo‘ladi».

Rossiya iqtisodiyotidagi misli ko‘rilmagan sharoitlar tufayli, narxlar yaqin kunlarda keskin oshadi, ammo buning qanchalik darajada yuz berishi hali noma’lum, deydi Polevoy.

Foto: Reuters / Anton Vaganov
Narxlarning oshishi, uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘proq rubl qadrsizlanishiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, noma’lum vaziyat sabab kompaniyalar narxlarni darhol ko‘taradi, yoki keyinchalik sotish uchun tovarlarni o‘zida ushlab turadi.

Ta’minotchilar valyuta bozori xavfini o‘z zimmasiga olishga tayyor emas, bu narx-navolarda o‘z aksini ko‘rsatishi mumkin, deb ogohlantiradi Nadorshin.

«Import bahosining qimmatlashishi aniq. Ba’zi sotuvchilar Rossiya bozoridan butunlay voz kechishlari ham mumkin, masalan, bunga kontragentlarga nisbatan, tovarlarning qimmatlashishiga olib keluvchi sanksiyalarning qo‘llanish xavfi sabab bo‘lishi mumkin», — deydi u.

Natijada bu 2022 yilning katta qismidagi inflyatsiyani jadallashtirishda davom etadi – deyarli yaqin kunlarda u qariyb 10 foizga yetishi va ma’lum vaqt shunday bo‘lib qolishi ham mumkin, deb izoh beradi mutaxassis. Minekaning 18 fevraldagi ma’lumotlariga ko‘ra, yillik inflyatsiya darajasi 8,8 foizni tashkil qilgan.

100 rubldan ziyod dollar kursi
So‘nggi hafta ichida dollar va yevro kursi rublga nisbatan misli ko‘rilmagan tarzda ko‘tarildi: 28 fevral kuni eng yuqori – 109 rublga yetdi.

O‘tgan hafta Markaziy bank kursni 83 rublda saqlab turishga muvaffaq bo‘lgandi – regulyator bozorda 2 mlrd dollarga yaqin valyuta sotib intervensiya chorasini ko‘rdi.

28 fevralda esa Rossiya banki intervensiyani o‘tkazmadi – zahiralarining ulkan qismi G‘arb mamlakatlari tomonidan bloklandi. Savdo sessiyasining tugatilishiga Moskva birjasida dollar 94,6 rublga, yevro kursi esa 106 rubl darajasida qayd etildi.

Sanksiyalar Markaziy bankning valyuta intervensiyalariga zarar yetkazdi, valyuta kurslari bir dollar uchun 90-100 rubl oralig‘ida o‘ynashi ehtimoldan yiroq emas, deydi Nadorshin.

Biroq rubl kursini ushlab turish uchun hukumat a’zolarida boshqa choralar ham yo‘q emas. 28 fevral kuni Moliya vazirligi eksportchilar o‘z valyuta daromadlarining 80 foizini sotishi kerakligini, bu esa Markaziy bankning valyuta intervensiyalari o‘rniga rubl kursini saqlab qolishini ma’lum qilgan.

Foto: AP Photo / Pavel Golovkin
Bir barreli 95—100 dollarga to‘g‘ri keladigan Ural neftning umumiy eksport hajmi 2022 yilda qariyb 700—730 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin, deb hisoblaydi Polevoy.

Xorijliklar tomonidan moliyaviy pozitsiyalarga qo‘yilgan cheklovlar sharoitida bu rubl kursini barqarorlashtirishga yordam berishi mumkin, deb qo‘shimcha qiladi u.

Importga qo‘yilgan cheklovlar tufayli joriy hisoblar profitsiti 300 mlrd dollarga yetishi mumkin, deydi Rossiya va MDX bo‘yicha «Renessans Kapital» iqtisodchisi Sofya Dones.

Bu kapitalning barcha ehtimoliy chiqimlarini qoplashi va rubl kursini barqarorlashtirishi mumkin bo‘lgan miqdor, deb hisoblaydi u.

Kreditlar to‘xtatiladi
Asosiy stavkani 20 foizgacha ko‘tarish ko‘plab fuqarolar uchun kreditlarning yopilishiga sabab bo‘ladi, deydi Rayffayzenbak’ning makrotahlilchisi Stanislav Murashov.

Yaqin choraklarda kreditlarga bo‘lgan talab juda past bo‘ladi, deb tasdiqlaydi «Renessans Kapital» a’zosi Sofya Dones.

Kredit faoliyati davlat tomonidan ma’lum sektorlarda qo‘llab-quvvatlanmasa, uning o‘sishi haqida gap-so‘z ham bo‘lishi mumkin emas.

Kreditga bo‘lgan talab birgina yuqori stavkalar tufayli pasaymaydi, deydi Polevoy. Kreditga layoqatlilik skoringi, qarzdor holatini baholash kabi narxga bog‘lanmagan sharoitlar ham mavjud.

Hozirda bank kreditga layoqatlilikni baholay olmagani sababli har qanday kreditlar to‘xtashi mumkin, strategik muhim kompaniyalar kreditlari bundan mustasno, deb qo‘shimcha qiladi u.

Yordam choralari
Hukumat iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar paketini ishlab chiqadi, deb ma’lum qildi bosh vazir Mixail Mishustin 28 fevral kuni. Davlat amaldorining Forbes’ga xabar berishicha, hujjat 1 martgacha taqdim etiladi.

Eng ko‘p zarar ko‘ruvchi sohalar qatoriga aviatsiya, transchegaraviy savdo-sotiq va turizm, shuningdek, yuqori texnologik ishlab chiqarish yo‘nalishlari kirmoqda, deydi Nadorshin.

«Asosiysi hukumat kompaniyalarni arzon pullar bilan aldamasa bo‘lgani, eng yaxshisi yangi texnologiyalarni ishlab chiqishni tezlashtirish va targ‘ib qilish uchun sharoitlarni yaratishdir – bu puldan ko‘ra yaxshiroq, – deb qo‘shimcha qiladi u.

Investitsiyalar qisqaradi
Investitsion faollikning butunlay yo‘qolishi retsessiyaga sabab bo‘luvchi omilardan biridir, deydi «Renessans Kapital» a’zosi Sofya Dones.

Xususiy biznes vakillari noma’lum vaziyat sabab barcha sarmoyalardan voz kechishiga tog‘ri keladi, deb tasdiqlaydi Polevoy: iqtisodiyotning yagona tayanchi – eksport xom ashyosini sotish.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat ushbu sohadan tushayotgan pullarni investitsiya loyihalariga yo‘naltirishi, davlat kompaniyalari ham sarmoyalarni asosiy kapital sifatida ushlab turishi mumkin, biroq iqtisodiyot bundan katta natija olmaydi.

Foto: AP Photo / Alexander Zemlianichenko
Xorij investitsiyalari ham qisqaradi. Markaziy bank sanksiyalarga javoban, rossiyalik brokerlarning g‘arblik mijozlari pullarini muzlatib qo‘yishga majbur bo‘lganidan keyin, xorij investorlari Rossiya fond birjasiga qaytishi dargumon, deydi ismini sir tutishlarini so‘ragan yirik bank xodimi.

Bu bevosita investitsiyalarga ham tegishli – Rossiya, aslini olganda, bozordagi kapitalning bir qismini yo‘qotadi, deb ta’kidlaydi u.

«Ehtimol, Rossiya hukumati a’zolari investitsiya oqimlarini iqtisodiyot ichidan izlashi, shuningdek, uni Osiyo bozorlariga yo‘naltirishi ham mumkin. Biroq bu juda uzoq jarayondir».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning yangi iqtisodiyoti endi qanday bo‘ladi?