
AQSHning Janubiy Karolina shtatida yashovchi ayol bir qarashda oddiy bo‘lib tuyulgan unutilish orqali yarim million dollar yutdi. Uning er-xotinlik hayotidagi bitta "xatosi" esa ayol uchun omad eshigini ochdi.
Hikoya shunday boshlangan: juftlik har kunlik ehtiyojlar uchun do‘konga borgan. Xaridlarni tugatib, mashinaga qaytgan paytda ayol eridan nima uchun lotereya biletini olmaganini so‘ragan. Eri bu vazifani unutganini tan olgan. Shunda ayol do‘konga qaytib, bileterni o‘zi xarid qilgan.
Ayol lotereya kompaniyasi xodimlariga bergan intervyusida qayd etganidek, do‘konda navbatda turganida unga yorqin va jozibador biletlar ko‘zga tashlangan. "Men uchta bilet oldim. Ikkitasi hech narsa keltirmadi, lekin uchinchisi butun hayotimni o‘zgartirdi", — dedi u.
Ayni o‘sha uchinchi bilet orqali u $500 000 (ya’ni qariyb 6,5 milliard so‘m) yutuqqa ega bo‘ldi.
Yutuqni qo‘lga kiritgan ayol bu pullarni rejali sarflash niyatida. Uning aytishicha, mablag‘ning bir qismini orzu qilgan sayohatlariga sarflaydi. Qolgan qismi esa — erta pensiyaga chiqish, ya’ni ishdan vaqtidan oldin ketish uchun ishlatiladi.
"Men endi tinchlikda, hech narsadan xavotirsiz hayot kechirishni istayman", — degan ayol.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!