MMAning dunyoga mashhur va shiddatli yulduzlaridan biri, 37 yoshli Konor Makgregor so‘nggi kunlarda irlandiyaliklarga yo‘llagan qat’iy va to‘g‘ri murojaati bilan yana bir bor markaziy diqqatga chiqdi, deb xabar berdi irlandiya onlayn manbalari. U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida irlandiyaliklar uchun muhim da’vat bilan chiqish qildi.
Jangchi o‘z so‘zlarida shunday deydi: “Mening mablag‘larim cheksiz, butun hayotimga yetadigan darajada. Bu esa meni hech qachon sotib olish imkonini yo‘qqa chiqaradi, hatto terrorchilar bilan ham hech qachon kelishuvga bormayman. Agar meni prezident etib saylasangiz, mamlakatimizga tubdan o‘zgarish va shifo kirib keladi. Albatta, bu gaplar kimlar uchundir g‘alati eshitilishi mumkin, ammo bu – chin haqiqat. Ishoninglar, men sizni o‘ylaganingizdan ancha kuchliman va atrofimda aqlli, kuchli jamoam bor. Biz barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tamiz. Irlandiyaning kelajagi uchun faqat bir narsa talab etiladi — Konor Makgregorga ovoz berishingiz!”
MMA ringlaridagi g‘alabalari bilan mashhur bo‘lgan Makgregorning bu chiqishi irlandiya jamoatchiligida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. 2025 yil noyabrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovi arafasida uning nomzodi va aytilayotgan va’dalar irlandiyaliklar uchun muhim mavzuga aylandi.
Shu kunlarda Konor o‘zining hech kimga ta’sir ettirib bo‘lmaydigan mustaqil pozitsiyasini va qat’iy prinsiplarini aniq ko‘rsatmoqda. Muxlislar va kuzatuvchilar esa uning bu da’vosi va fikrlariga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Irlandiyadagi yangi siyosiy voqelik qanday shakllanishini esa kelajak ko‘rsatadi.
Irlandiya prezidentligiga da’vo qilayotgan Makgregordan xalqqa ochiq murojaat
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar