Saudiya Arabistonining “Al Oruba” jamoasi yangi bosh murabbiy sifatida tajribali mutaxassis Slavche Voyneskini tayinladi. Bu haqda klubning rasmiy axborot xizmati orqali ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, shimoliy makedoniyalik murabbiy Saudiya jamoasi bilan rasman hamkorlikni boshladi. Uning yangi jamoa oldida qanday maqsad va vazifalar qo‘yilgani hozircha oshkor qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Slavche Voyneski 2022 yilning 10 yanvarida O‘zbekistonning yetakchi klublaridan biri bo‘lgan “Paxtakor” bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan va 6 iyulga qadar ushbu vazifani bajargan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar