“Liverpul” klubi Ispaniya grandi “Real” tarkibida to‘p surayotgan braziliyalik hujumchi Rodrigoning agentlari bilan shaxsiy shartnoma borasida muzokaralar o‘tkazgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Transfer haqidagi ma’lumotni xalqaro futbol OAVlari keng yoritmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli mahoratli forvard ingliz klubi taklif qilgan shartlar to‘plamini ma’qullagan. Bu esa kelishuvni amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.
Avvalroq Rodrigo xizmatlariga “Tottenxem”, “Arsenal”, “Chelsi” va “Bavariya” kabi Yevropaning yetakchi klublari ham jiddiy qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shunday bo‘lsa-da, madridliklar hujumchini qo‘ldan chiqarishga shoshilmayapti va uning transferi uchun kamida 100 million yevro (taxminan 1,3 trln so‘m) miqdorida kompensatsiya kutishayotgani ta’kidlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rodrigo 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 54 ta uchrashuvda maydonga tushgan, shu davr mobaynida 14 ta gol kiritib, 11 ta assistga ham mualliflik qilgan. Bu natijalar hujumchining yuqori darajadagi barqaror o‘yin namoyish etayotganini ko‘rsatib turibdi. “Liverpul” esa yangi mavsum arafasida shunday ko‘p qirrali futbolchi orqali hujum chizig‘ini yanada mustahkamlashni maqsad qilmoqda.
“Real” yulduzi “Liverpul” taklifini ma’qulladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar