Foto: «TASS» / Albert Dzen
Iqtisodiy tomonlama o‘zaro bog‘liqlik olamida Rossiyaga qarshi e’lon qilingan sanksiyalar ancha global nostabillikka olib kelishi mumkin, deb yozadi TIME.
Dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan Markaziy Osiyo Afg‘oniston, Eron, Rossiya va Xitoy kabi har tomonlama G‘arb sanksiyalariga uchragan mamlakatlar bilan o‘ralgan.
O‘z neft zaxiralarining uchdan ikki qismini Rossiya portlari orqali eksport qiladigan, energiya resurslariga boy bo‘lgan Qozog‘iston xalqaro sanksiyalar rejimiga moslasha olmayapti va o‘zining milliy valyutasi – tengeni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘ta muhim valyuta zaxiralarini yo‘qotib bormoqda.
Ushbu muammolar, 225 nafar insonning o‘limiga sabab bo‘lgan, 2022 yil yanvar oyidagi tartibsizliklardan so‘ng sarmoyadorlar ishonchini qayta tiklash ustida ishlayotgan Qozog‘iston uchun «ayni vaqtida» yuzaga keldi.
Janubdagi Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston respublikalaridagi hukumat vakillari yuqori ishsizlik darajasi va budjet taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ishsizlikni qisqartirish va davlat xizmatlariga tushadigan og‘irlikni kamaytirish orqali, o‘tgan yili Rossiyaga 7,8 mln nafar ishchini yuborgan ushbu mamlakatlar uchun mavsumiy migratsiya o‘ta muhim hisoblanadi.
Ammo qisqa muddatli migratsiya vositalariga bo‘lgan intilish, ularni tashqi zarbalarga nisbatan zaif qilib qo‘ydi. Hozirda, pul o‘tkazmalari Tojikiston YAIMning 30 foizini, Qirg‘iziston Respublikasi YAIMning 28 foizini va mintaqadagi aholi eng zich joylashgan O‘zbekiston YAIMning 12 foizini tashkil etadi.
2014 yili Rossiya Qrimni o‘ziga qo‘shib olishi va unga nisbatan sanksiya e’lon qilinishidan so‘ng, mintaqadagi pul o‘tkazmalari 40 foizga tushib ketdi.
COVID-19 ham o‘zaro bog‘liqlik xavfi uchun yana bir saboq bo‘ldi: Rossiya chegaralarining yopilishi umumiy pul o‘tkazmalarining 22 foizga qisqarishiga olib keldi.
Ayniqsa qashshoqlashib qolgan Tojikistonga bu qattiq ta’sir ko‘rsatdi, migrantlar vatanga bor-yo‘g‘i 1,7 mlrd dollar jo‘natdi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 835 mln dollarga kam deganidir.
Ammo hozirgi sanksiyalar paketi avvalgilariga o‘xshamaydi va uzoq muddat kuzatiladigan oqibatlari juda katta talafotlarga sabab bo‘ladi.
Rossiya inqirozi – Xitoy uchun yangi imkoniyat
Xitoy gegemoniyasi yaqinlashmoqda. Hozirda Rossiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi tovar ayirboshlash taxminan 18,6 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu esa Xitoy savdosining uchdan ikki qismiga to‘g‘ri keladi va 1990 yillardagi 80 foizlik (110 mlrd dollar) mintaqa savdosidan ancha farq qiladi.
Ayni paytda, Xitoyning Moskvadan o‘zib keta olmasligi rost, ammo u mintaqa uchun qurol yetkazib beruvchi yirik hamkor va strategik sherikka aylanib bormoqda.
Jadal sur’atlardagi iqtisodiy tanazzul ushbu tendensiyalarni tezlashtiradi. Rossiya iqtisodiyoti shavqatsiz sanksiyalardan aziyat chekayotgan bir paytda, Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi savdo hajmi allaqachon pandemiyadan oldingi darajaga qaytgan.
Bunga Qirg‘iziston savdo hajmining 2019 yildagi 6,37 mlrd dollardan 2021 yilda 7,5 mlrd dollarga yetib, deyarli 18 foizga ko‘tarilgani yorqin misol bo‘la oladi.
Biroq mazkur yutuqlar Rossiyaning mintaqa bozoridan kutilmaganda chiqib ketish o‘rnini to‘ldira olmaydi. Tojikiston va Qirg‘iziston davlat qarzlarining 40 foizdan ziyodrog‘i Pekin hissasiga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiy tanazzul, Xitoyga qarzdan xalos bo‘lish evaziga xavfsizlik bo‘yicha ko‘plab imtiyozlarni berishi mumkin.
Ukraina urushining iqtisodiy halokati yaqin o‘n yilliklar ichida Rossiyadan tashqarida ham o‘z aksini ko‘rsatadi.
Sanksiyalar Rossiya bosqinlariga nisbatan adolatli javob bo‘lishi mumkin, albatta. Biroq ular qo‘shni mamlakatlardagi misliz talafotlarga va beqarorlikka sabab bo‘lishi ham mumkin.
Xalqaro hamjamiyat vakillari kelgusi talafotlarni kech bo‘lmasdan oldini olish ustida ishlashi zarur.
Rossiya inqirozi1, Xitoy uchun yangi imkoniyat1, Markaziy Osiyo1, Sanksiyalar rejimi1 “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?