date

Nyukasl UEFAga shikoyat qiladi

Nyukasl UEFAga shikoyat qiladi
Angliyaning "Nyukasl" klubi UEFAga shikoyat arizasi topshiradi. Bu qaror Chempionlar ligasi doirasida "Marsel"ga qarshi safar uchrashuvidan soʻng yuzaga kelgan noxush holatlar sabab qabul qilindi.

Klub vakillarining taʼkidlashicha, fransuz politsiyasi oʻyindan keyin muxlislarni tartibga solish uchun qalqonlar, tayoqlar va hatto qalampir spreyi qoʻllagan. Bu esa vaziyat talab qilmagan sharoitda amalga oshirilgan.

"Muxlislarning xavfsizligi va farovonligi har doim ustuvor boʻlishi kerak. Politsiyaning bizning muxlislarimizga boʻlgan munosabatini qatʼiyan qoralaymiz", — deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

Uchrashuv "Marsel"ning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. "Nyukasl" 9 ochko bilan turnir jadvalining 11-pogʻonasida bormoqda, fransuz klubi esa 6 ochko bilan 21-oʻrinda joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nyukasl UEFAga shikoyat qiladi