date

Gonkongdagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni 65 kishiga yetdi

Gonkongdagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni 65 kishiga yetdi
Gonkongdagi Wang Fuk Court turar-joy majmuasida yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 65 kishiga yetgani haqida SCMP xabar berdi. Taxminan 70 kishi hozirda shifoxonada davolanmoqda.

Hukumat vakillarining ma’lum qilishicha, yong‘in tez tarqalishiga ta’mirlash ishlari davomida qo‘llanilgan yonuvchan polistirol material sabab bo‘lgan. Politsiya pudrat tashkiloti xodimlaridan uch nafarini e’tiborsizlik va noto‘g‘ri boshqaruv oqibatida odamlar o‘limiga sabab bo‘lganlikda gumonlab qo‘lga oldi.

Hozirga qadar taxminan 280 kishi bilan aloqa o‘rnatilmagan va ularning qidiruv ishlari davom etmoqda. Gonkong hukumati mamlakatdagi ta’mirlash ishlari olib borilayotgan barcha davlat turar-joy majmualarini zudlik bilan tekshirishni buyurdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Gonkongdagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni 65 kishiga yetdi