
Sobiq "Manchester Yunayted" hujumchisi Lui Saa fikricha, "Barselona"ning yosh qanot o'yinchisi Lamin Yamalni transfer qilishga faqat ikki klubning imkoniyati yetadi. "O'ylashimcha, faqat "PSJ" va "Manchester Siti" unga 300 million funt to'lay oladi.
Ammo uning rivojlanish yo'lini ko'rib, shunday katta transferni juda erta amalga oshirishi achinarli bo'ladi. Biz sevgan futbol uchun Laminning "Barselona"da o'sib, barqaror o'ynashi va taraqqiy etishi yaxshiroq bo'ladi", — dedi Saa OLBG nashriga.
"Meni uning atrofidagi yuqori e'tibor sababli iste'dodi yo'qolib ketishi xavotirga soladi. Men ushbu yigitning maksimal imkoniyatini ko'rishni xohlayman", — deya qo'shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda “Barselona” Chempionlar ligasi doirasida “Chelsi”ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.