
Londonning "Tottenhem" klubi sobiq bosh murabbiyi Ange Postekoglu Angliya gigantlaridan biri - "Liverpul" jamoasini boshqarishi mumkin. Teamtalk nashrining ma'lum qilishicha, uning nomzodi "Liverpul" rahbariyati tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
Manbaning qayd etishicha, "qizillar"ning hozirgi bosh murabbiyi Arne Slot murakkab vaziyatga qaramay, haligacha klub rahbariyatining ishonchiga ega. Biroq, agar jamoaning natijalari yaxshilanmasa, niderlandiyalik mutaxassis iste'foga chiqarilishi ehtimoldan xoli emas.
Arne Slot o'tgan yil yozida mersisaydliklar jamoasining bosh murabbiyi lavozimini egallagan edi. Uning boshchiligida "Liverpul" o'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida chempionlikni qo'lga kiritgan.
So'nggi uchrashuvda "qizillar" Chempionlar ligasida PSV jamoasiga yirik hisobda 1:4 mag'lub bo'lishdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.