date

Liverpul Slotni isteʼfoga chiqarmaydi

Liverpul Slotni isteʼfoga chiqarmaydi
Liverpul futbol jamoasi soʻnggi vaqtlarda qiyin davrni boshidan kechirmoqda. Arne Slot boshqaruvidagi jamoa barcha turnirlar boʻyicha oʻtgan 12 oʻyinning 9 tasida magʻlubiyatga uchragan.

Shunga qaramay, klub rahbariyati murabbiyni isteʼfoga chiqarish rejasi yoʻqligini maʼlum qildi. Daily Mail nashrining xabariga koʻra, Liverpul klubi va Arne Slotga yaqin manbalar niderlandiyalik murabbiyning lavozimi xavfsiz ekanligini tasdiqlagan.

Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida PSVga qarshi oʻyinda 1:4 hisobidagi magʻlubiyatdan keyin ham hech qanday oʻzgarishlar boʻlmagan. Endi Arne Slot oʻz jamoasini Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida Vest Xemga qarshi safardagi oʻyinga tayyorlaydi.

Bu uchrashuv 30-noyabr kuni, kuzning oxirgi kunida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liverpul Slotni isteʼfoga chiqarmaydi