So‘nggi paytlarda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ko‘p jihatdan sobiq Ittifoqning Afg‘onistonga bostirib kirishi bilan qiyoslanmoqda va Ukraina Rossiya uchun “yangi Afg‘oniston”ga aylanadimi, degan fikr muhokama qilinmoqda. Ayrim tahlilchilarning taxminlariga ko‘ra, AQSH va Yevropa xuddi sobiq Ittifoqni Afg‘onistonda duchor qilgani kabi Rossiyani Ukrainadagi uzoq davom etadigan urushga tortmoqchi. Bu fikrni qo‘llab-quvvatlovchilar Putin xuddi sobiq Ittifoq rahbarlari kabi G‘arbning bu tuzog‘iga tushib, katta strategik xatoga yo‘l qo‘yganini ta’kidlamoqda.
Rossiya sobiq Sovet Ittifoqi kabi yolg‘iz emas
Rossiyaning Ukrainaga boshlagan urushi ko‘p jihatdan Sobiq Ittifoqning Afg‘onistonga bostirib kirishini eslatadi. Xuddi 1979 yili Sovet Ittifoqi Afg‘onistonga bostirib kirgani singari Rossiyaning Ukrainaga hujumidan keyin dunyo yangi qutblanishga guvoh bo‘ldi. 1980 yilda BMT Bosh Assambleyasi Sovet istilosini qoralagan. 2 mart kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berishda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi qoralandi, biroq bu ikki voqea o‘rtasida aniq farq bor. O‘shanda 104 a’zo bosqinni qoralagan, 18 sotsialistik davlat ishg‘olni qo‘llab-quvvatlagan, 12 davlat esa betaraf qolgan. Qaysidir ma’noda Sovet Ittifoqi o‘sha davrda Varshava shartnomasiga a’zo davlatlardan tashqari yakkalanib qolgan edi.
Biroq 2 mart kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berishda 35 davlat betaraf qoldi va qarshi bo‘lmaslikni ma’qul ko‘rdi. Betaraf qolgan davlatlar iqtisodiy va siyosiy qudrati jihatidan muhim davlatlardir. Ular orasida Xitoy, Pokiston, Hindiston kabi davlatlar bor. Ushbu mamlakatlar aholisini hisobga oladigan bo‘lsak, ular dunyo aholisining yarmini tashkil etishi ko‘rinadi. 1980 yili Sovet Ittifoqini qoralab, mujohidlarga yordam ko‘rsatgan Xitoy va Pokiston bugungi dunyoda Rossiyaga qarshi chiqmagani, hatto Hindiston va Pokistonning ko‘p yillardan buyon ilk bor bir tarafdan joy olgani alohida e’tiborga molik. Bu holatni Rossiya bugungi kunda sobiq Sovet Ittifoqi kabi “yakkalanib qolmagan”ini ko‘rsatib turibdi.
Agar muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, urush taqdirini harbiy tilda aytganda, shahar urushlari, ya’ni turar-joy maydonidagi janglar belgilaydi.
O‘xshash sanksiyalar
Ayrimlar bu hodisani Yevrosiyoda yangi muvozanatlarning shakllanishi bilan izohlaydi. 1980 yildagi Moskva Olimpiadasiga boykot qilingani kabi, bugungi kunda rossiyalik sportchilar, san’atkorlar va ishbilarmonlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilmoqda. Boykot tufayli Moskva Olimpiadasi tarixdagi eng zerikarli musobaqa deb baholangan. Ikkala voqea ham Rossiya yo‘qotishlarini bo‘rttirish nuqtai nazaridan o‘xshashdir.
G‘arb matbuoti Afg‘onistondagi sovet harbiy yo‘qotishlarini bo‘rttirib ko‘rsatib, ishg‘olning birinchi oyida 10 ming sovet askari halok bo‘lganini da’vo qilgan. Yillar o‘tib ochilgan hujjatlar bu raqamlarning ancha bo‘rttirilganligini ko‘rsatdi. Bugungi kunda urushning birinchi oyigacha 14 ming rus askari halok bo‘lgani, ruslar 500 tank, 500 zirhli mashina va 90 samolyot yo‘qotgani, hatto rus armiyasining 15 foizi yo‘q qilingani iddao qilinmoqda. Rossiya tomonining ma’lumot yashirishi ukrainlarning bayonotlarini tasdiqlash yoki inkor qilish imkonini bermayapti.
Sobiq sovet ma’muriyati Afg‘oniston urushini rus xalqiga tushuntirishda qiynalgan bo‘lsa, Putin millatchi unsurlar bilan Ukraina urushini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Sobiq Ittifoq Afg‘onistonga bostirib kirganidan so‘ng G‘arb tomonidan qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar bilan qattiq qo‘llab-quvvatlangan afg‘on mujohidlarining o‘rnini endilikda Ukraina kuchlari va yarim rasmiy qurolli bo‘linmalari egalladi. Ko‘rinib turibdiki, G‘arb o‘tmishda mujohidlarni faqat ijobiy tomonlari bilan jamoatchilikka ko‘rsatganidek, bugun Ukraina yetakchilarini “qahramon” sifatida talqin qilyapti. Biroq afg‘on mujohidlarining kattalari urush tajribasiga ega odamlar edi. Ukraina ham xuddi shunday isyonchilar avlodini chiqara oladimi, buni vaqt ko‘rsatadi.
Rossiyadagi siyosiy davralarda 10 foizlik liberal guruhdan tashqari, Ukraina urushi ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi tabiiy.
Urushdan so‘ng Afg‘onistondan kelgan birinchi qochqinlar uchun o‘z eshiklarini ochgan, 1979-1989 yillarda G‘arb, shuningdek, AQSH tomonidan mujohidlarga berilgan qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni yetkazish markazi bo‘lgan Pokiston rolini bugun Polsha qay darajada o‘z zimmasiga olishi ham qiziq. Polsha faqat qochqinlarni qabul qilish bilan kifoyalanadimi yoki Pokiston kabi qurolli qarshilikni qo‘llab-quvvatlovchi pozitsiyani egallaydimi, hozircha noma’lum.
Asosiy farq: geografiya
Ukraina Rossiya uchun yangi Afg‘oniston bo‘ladimi yoki yo‘q degan nuqtai nazaridan muhokama qilinadigan asosiy omillar o‘xshashlikdan ko‘ra, ikki ishg‘ol o‘rtasidagi farqlardir. Avvalo, ikki davlat o‘rtasidagi eng muhim farqlardan biri, bu – geografik xususiyatdir. Pasttekisliklardan iborat Ukraina asosan tog‘li va notekis yerlarga ega bo‘lgan Afg‘onistondan juda katta farq qiladi. Afg‘onistonning bu xususiyati Sovet Ittifoqiga qarshi urushning hal qiluvchi omillaridan biri edi.
G‘arb matbuotidagi “Urush Putinga qarshi muxolifatni kuchaytirdi”, degan iddaolar ishonarli emas.
Afg‘onistondagi murakkab relef bir tomondan sovet armiyasining harakatchanligini cheklab qo‘ygan bo‘lsa, mujohid jangchilarga katta afzalliklar bergandi. Asosan urish-qochish taktikasi bilan kurashgan mujohidlar zarur hollardi sho‘rolar hujumidan himoyalanish yoki bir muddat yashirinish uchun tog‘larga chekinishi oson edi. Shu sababli afg‘on mujohidlari shahar urushlarida qatnashmadilar, qishloq va tog‘li hududlarda sovet qo‘shinlari bilan to‘qnashdilar.
Afg‘onistonning murakkab relefi hal qiluvchi omil bo‘ldi, chunki sovetlarga qarshi kurash uzoq yillar davom etdi va Afg‘onistonda mashaqqatli urushga aylandi, bu yerda “shahar urushi” deyarli bo‘lmadi. Boshqa tomondan Afg‘onistonga nisbatan tekis yerga ega bo‘lgan va avtomobil yo‘llari rivojlangan Ukrainada urushning birinchi oyi yakunlamasdanoq shahar darvozasiga kelgan edi. Agar mojarolarni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar natija bermasa, urush taqdirini harbiy tilda aytganda, “shahar urushlari” belgilaydi.
Tarixiy va madaniy aloqalar
Yana bir muhim farq shundaki, rus va ukrain xalqi o‘rtasidagi tarixiy aloqa va madaniy yaqinlik afg‘on xalqi bilan rus xalqi o‘rtasida mavjud emasdi. Afg‘onistondagi sovet istilosi shahar aholisidan tashqari qo‘llab-quvvatlanmadi, ayrim talqinlarga ko‘ra, taxminan 10 foiz afg‘onistonliklar sovetlar tarafida bo‘lgan, xolos. Ukraina aholisining taxminan 20 foizini esa etnik ruslar tashkil etadi. Ukrainadagi rus millati vakillari Rossiyani qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi, deb da’vo qilish to‘g‘ri bo‘lmasa ham, ikki mamlakat va xalqlar o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, madaniy va diniy yaqinlik o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Misol uchun, afg‘on urushi har doim Rossiya jamoatchiligi tomonidan qonuniyligi shubha ostiga olingan va tanqid qilingan mavzu bo‘lgan. Ukraina urushi haqida esa bunday deb bo‘lmaydi. Odessa, Sevastopol va Donbass kabi hududlarni ruslar tarixiy meros deb iddao qiladi. Sobiq sovet ma’muriyati Afg‘oniston urushini rus xalqiga tushuntirishda qiynalayotgan bo‘lsa, Ukraina urushini Putin “Bu mintaqalar bir paytlar Rossiyaning bir qismi bo‘lgan” degan millatchilik kayfiyatidagi da’vosi bilan xalqning qo‘llab-quvvatlashiga erishishi mumkin.
Ukraina hujumini qonuniylashtirish uchun Putin tomonidan ilgari surilgan yana bir asosiy iddao – “Ukrainadagi neonatsistlar rus ozchiliklarini ta’qib qilmoqda” degan da’vo ilk bor Rossiyadagi ikkinchi yirik partiya – Kommunistik partiyasi tomonidan aytilgan. Aynan shu partiya Donetsk va Lugansk viloyatlarini birinchi marta mustaqil respublikalar deb e’lon qilgan edi. Tabiiyki, Ukraina urushini hokimiyatdagi partiyadan tashqari, eng ko‘p qo‘llab-quvvatlagan ham Rossiya Kommunistik partiyasi bo‘ldi.
Yana Rossiya siyosatida salmoqli o‘rin egallagan Vladimir Jirinovskiy kabi o‘ta millatchi yetakchilar ham urushni yoqlagan. Siyosiy doiradagi liberallarning 10 foizi mustasno qilinsa, Ukraina urushi Rossiyada ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanyapti. Shu munosabat bilan G‘arb matbuotidagi urush Putinga qarshi muxolifatni kuchaytirdi, degan iddaolar haqiqatni aks ettirmaydi.
Va nihoyat, Ukraina urushini Sovet Ittifoqining Afg‘onistondagi urushidan ajratib turadigan eng muhim farqlardan biri shundaki, bugungi vaziyat 1980 yillardagi ikki qutbli dunyo tizimidan ancha farq qiladi. 1980 yillarda Sovet Ittifoqining jahon iqtisodiyotidagi ulushi 10 foiz atrofida edi. Varshava shartnomasi mamlakatlari qo‘shilganda bu ko‘rsatkich 15-10 ga to‘g‘ri kelardi. Biroq, Sovet Ittifoqi eksport-import qilmaydigan yopiq iqtisodiyotga ega bo‘lganligi sababli, o‘zaro bog‘liqlik hozirgidek chuqur emas edi. Rossiyaning jahon iqtisodiyotidagi ulushi bugungi kunda 2 foiz atrofida bo‘lsa-da, ko‘plab G‘arb davlatlari energiya va oziq-ovqat jihatidan Rossiyaga qaram.
Shunday ekan, Ukrainadagi 10 yillik urush jahon iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Qolaversa, Ukraina geografik joylashuvi va jahon qishloq xo‘jaligidagi o‘rni tufayli G‘arb nuqtai nazaridan Afg‘oniston kabi osonlik bilan qurbon qilinadigan mamlakat emas. Ukrainadagi uzoq muddatli beqarorlik oqibatlari Yevropa davlatlariga bevosita ta’sir qiladi. Bu masalalardan kelib chiqib, Yevropaning qoq markazida joylashgan Ukrainada urush Afg‘onistondagi kabi uzoq davom etishini bashorat qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi