Yelena Kostyuchenko Ukrainaga Rossiyaning «Novaya gazeta» muxbiri sifatida borgan edi. Uning Odessa, Xerson va Nikolayev shaharlarida tayyorlangan reportajlari ushbu gazetada senzura cheklovlari bilan e’lon qilingan. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga rioya qilinganiga qaramay, Bosh prokuratura va «Roskomnadzor» talabi bilan matnlar o‘chirib tashlangan, «Novaya gazeta» esa o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
«Novaya gazeta. Yevropa» nashri uchun maxsus ravishda Yelena Kostyuchenko Ukrainadagi urushda o‘zi ko‘rgan narsalar haqida gapirib berdi.
— Men o‘zim bu urush bo‘lishiga ishonmaganman. So‘nggi lahzagacha. Hatto shunday bo‘lganki, kechasi uyg‘onib ketganman, dugonam menga Kiyev bombardimon qilinayotgani haqida xabar bergan, men esa: «Kim bombardimon qilyapti?» — deb so‘raganman. Rossiya Ukraina shaharlariga bomba yog‘dira olishiga ishonmaganman. Hatto Donbassda bo‘lib, ko‘p narsalarni ko‘rganimga qaramay.
Gap murosalarda emas. O‘ylashimcha, gap shundaki, barchamiz o‘zimizning yaxshi hayotimizni boshqa odamlarning hayotlaridan yuqoriga qo‘yamiz. Urushda g‘alati lotereyaga o‘xshagan hissiyot bor. U, albatta, ancha kam darajada bo‘lsa-da, yillar davomida Rossiyada mavjud bo‘lib kelgan. Ya’ni biz hammamiz istalgan lahzada qamoqqa tushib qolishimiz mumkinligini anglagan holda yashaganmiz. Hatto siz siyosiy befarq bo‘lsangiz ham. Chorak tugayotganida mentlar rejani bajarishi kerak, deylik, sizga narkotiklar tashlab qo‘yishadi va siz 7 yilga kesilasiz. Dugonangiz bilan uchrashish uchun shahar markaziga, kafega borasiz, uning yonida miting bo‘lyapti, ment boshingizga dubinka bilan uradi, siz yiqilasiz va hushingizga kelganda qarabsizki, nogironsiz. Shunaqa narsalar yuz berishi mumkin edi.
Biz hozir Buchani ko‘rib dahshatga tushyapmiz va bu asossiz emas. Lekin, keling, Beslanda nimalar bo‘lganini esga olamiz. Garovga olinganlar bilan to‘la bo‘lgan maktab tanklar va o‘tsocharlar bilan o‘qqa tutilganini, shiddatli hujum chog‘ida juda ko‘p bolalar va kattalar halok bo‘lganini eslaylik. Ular rossiyalik bolalar edi. Putin o‘shanda ularga achingani yo‘q. Endi nima uchun Buchadagi odamlarga achinishi kerak? Afsuski, bularning barchasi anchadan buyon pishib kelayotgan edi. Afsuski, fashizm Rossiyada ilgaridan hukm surib kelayotgan edi, bu to‘satdan yuz bergandek tutsak, adolatdan bo‘lmasdi. Men o‘zim juda uyalaman. O‘tgan yillarni eslab, kam ishlaganimni tushunaman. Bundan ko‘proq narsani qila olishim mumkin edi. Ammo menda ham shinamlik (komfort) istagi, uyimni ta’mirlash, dam olishga ketish, kitob o‘qish istagi bo‘lgan. Insoniy xohish-istaklar… Biroq mamlakatingiz diktaturaga qarab borayotganida, siz bu istaklarga berilib, uning bu yo‘lini davom ettirasiz.
Axir aslida hukumat o‘tgan yillar davomida hatto sodiqlikni emas, sustlikni talab qilgan. Biz uning iltimoslarini bajarib keldik, endi esa biz urushni to‘xtatib, hukumatni almashtirmoqchi bo‘lganimizda, bizda buning uchun vosita yo‘q. Bizda muxolifat yo‘q, mustaqil OAVlar yo‘q. Ular yo bloklab qo‘yilgan, yo «Novaya gazeta» kabi faoliyatini to‘xtatishga majbur qilingan. Bizda saylovlar yo‘q, parlament yo‘q. Urushni to‘xtatish uchun qo‘limizda juda kam qurollar qolgan, lekin bu biz harakat qilmasligimiz kerak, degani emas.
Novaya gazeta1, Yelena Kostyuchenko1, Roskomnadzor1, Senzura cheklovlari1, Ukrainadagi urush1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi