
“Real Madrid” va Portugaliya terma jamoasi yulduzi Krishtianu Ronaldu sportdagi faoliyatini kengaytirib, aralash jang san’ati (MMA) sohasiga kiryapti. U yaqinda WOW FC kompaniyasining aksiyadori bo‘lishini e’lon qildi.
Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi postida shunday yozdi: “Men juda katta yangilikni e’lon qilaman: men aksiyadorga aylanyapman! Biz intizom, hurmat, chidamlilik va mukammallikka intilish kabi qadriyatlarni baham ko‘ramiz. WOW FC noyob loyiha yaratmoqda, men esa unga qo‘shilib, sportni rivojlantirish va keyingi avlodni ilhomlantirishga yordam beraman”.
MMA jangchisi Ilia Topuriya Ronalduni WOW FC oilasiga kutib olishini bildirdi va ijtimoiy tarmoqlarda unga iliq so‘zlar yo‘lladi. Bu xabar futbol va MMA ixlosmandlari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Krishtianu Ronalduning sport biznesidagi bu yangi qadamini dunyo miqyosida kuzatishmoqda. Futbolchining qarori sportni rivojlantirish va yosh avlodni rag‘batlantirish maqsadida qilingan muhim qadam sifatida qabul qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.