
«Manchester Siti»ning qudratli hujumchisi Erling Holand maydondagina emas, internet olamida ham o‘zining “to‘xtatib bo‘lmas” tezligi va ommabopligini yana bir bor namoyon qildi. Norvegiyalik superhujumchining YouTube kanali atigi 35 kun ichida 1 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘ldi — bu futbolchilar orasida kamdan kam kuzatiladigan natija.
Holand o‘z kanalidagi birinchi videosini 23 oktyabr kuni joylagandi. Hozircha u jami uchta rolikni e’lon qilgan bo‘lsa-da, muxlislar sonining meteor tezligida o‘sishi uning qanchalik hayratomuz obro‘-e’tiborga ega ekanini ko‘rsatmoqda.
Shuning evaziga YouTube platforma qoidalariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchiga rasman «Oltin knopka» taqdim etiladi. Agar kanal auditoriyasi 10 millionga yetsa, u yana bir nufuzli mukofot — «Brilliant knopka» bilan ham taqdirlanishi mumkin.
Erling Holand nafaqat raqamli maydonchada, balki haqiqiy gazonda ham o‘zining yuksak formasini namoyon qilmoqda. U Angliya Premer-ligasining joriy mavsumdagi 12 uchrashuvida ishtirok etib, 14 marta raqib darvozabonlarini “jarimaga tortib” ulgurgan.
Muxlislar fikricha, Holandning YouTube’ga kirib kelishi uning hayoti va mamlakatlar o‘rtasidagi sayohatlarini yaqindan ko‘rish imkonini beradi. Yana bir narsa aniq — futbolchi qachon videolarni ko‘paytirsa, platformadagi ommaviylashuvi yanada oshishi tabiiy.
To‘g‘risi, Holand qanday joyda paydo bo‘lsa, statistika ham doim uning tarafida ishlaydi. YouTube ham bundan mustasno emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.