
Germaniyalik mitti ayg‘ir Pumukel yana bir bor jahon e’tiborini o‘ziga burdi — u rasman dunyodagi eng past bo‘yli ot deb tan olindi. Ginnes rekordlar kitobi tashkiloti maxsus o‘lchov o‘tkazib, ayg‘irning bo‘yi atigi 52,6 santimetr ekanini tasdiqladi. Shu bilan Pumukel avvalgi rekordchi — Polshadagi Bombel nomli ayg‘irni ham ortda qoldirdi.
O‘lchov jarayoni 2025-yil 16-avgust kuni Brekkerfeld shahrida amalga oshirilgan. Ginnes hakamlari Pumukelning bo‘yi oldingi rekorddan taxminan 4 santimetr pastroq ekanini qayd etishdi. Qizig‘i shundaki, ayg‘irning bunday kichik bo‘yi seleksiya yoki sun’iy tanlov mahsuli emas — bu uning tabiiy xususiyati. Hatto toychoqligidayoq u boshqalardan ancha farq qilgan: o‘sha vaqtdagi bo‘yi bor-yo‘g‘i 47 santimetr bo‘lgan.

Pumukelning bunday mayda gabaritlari uni nafaqat mashhur qilmoqda, balki uning hayotiga yanada ezgu vazifa ham yuklaydi. Ayg‘ir terapevtik dasturlarda faol ishtirok etadi: u reabilitatsiya markazlari, maxsus o‘quv muassasalariga borib, bolalar va kattalarga ruhiy qo‘llab-quvvatlash vazifasini o‘taydi. Egasining ta’kidlashicha, Pumukel o‘ta xotirjam, muloyim va muloqotga moyil xarakteri bilan boshqalardan ajralib turadi.
Uning qanchalik kichkina ekanini tasavvur qiling
Pumukel haqiqatan ham g‘oyat kichik — buni qiyoslar orqali oson anglash mumkin:
- Uning bo‘yi oddiy labrador itidan ham past (labradorlar odatda 55–60 sm).
- Yirik g‘oz yoki kurka bilan deyarli bir holatda.
- Pakana echki bilan teng, ammo oddiy echkidan past (odatda 60–70 sm).
- Poni bilan qiyoslaganda esa umuman “miltiqdek”: ponilar 90–140 sm bo‘ladi.

Internet yulduziga aylangan ayg‘ir
G‘ayrioddiy ko‘rinishi sabab Pumukel butun dunyo media makonida shov-shuvga aylangan. Uning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda virusli tarzda tarqaldi, turli nashrlar ayg‘ir haqida maqolalar chop etdi. Hatto 2025-yilning eng ko‘p muhokama qilingan hayvonlari ro‘yxatida Pumukel yetakchi o‘rinlarni egalladi.
Ayg‘irning tabiiy kamtar bo‘yi, mexribon tabiati va rekordchiga aylangani uni millionlab odamlar uchun quvonch va iliq his-tuyg‘ular manbaiga aylantirmoqda. Pumukel hozircha jahon rekordini qo‘lda ushlab turibdi — va unga raqobatchi topilishi, ayniqsa tabiatda, juda mushkul ko‘rinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.