Foto: Bloomberg
Virusning tarqalishi va iqtisodiyotning pasayishi Si Szinpinni Xitoy iqtisodiyotini qayta tiklashni to‘xtatib qo‘yishga majbur qilmoqda. Xitoy prezidenti o‘tgan yilgi siyosatni o‘zgartirish uchun kuchli bosimga duch kelyapti. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Koronavirusning omikron varianti Xitoyda boshlangan va 2020 yilda Uxandan beri eng katta epidemiyaga sabab bo‘lmoqda.
Xitoy aholisining to‘rtdan bir qismi hozir qandaydir blokirovka ostida bo‘lgan shaharlarda yashaydi. Shanxayning 25 mln aholisi bir oydan ko‘proq vaqt davomida o‘z uylarida qolmoqda.
Shahardan shaharga yuk mashinalari oqimi kabi yuqori chastotali ko‘rsatkichlar Xitoy iqtisodiyoti pasayib borayotganidan dalolat beradi.
Ko‘plab shaharlar aholisi oziq-ovqat topishda qiynalmoqda va hatto dori-darmonlar yetishmasligi sababli o‘lim holatlari ham uchramoqda.
Iqtisodiy ko‘rinish juda yomon. Eng optimistik ssenariyda, iqtisodiyotning qulashi sekinlashadi, chunki shaharlar erta va qisqa muddatli blokirovkalarni joriy qiladi.
Eng yomon ssenariyda esa Xitoy ikkinchi va uchinchi choraklarda har oy bir nechta Shanxayga duch kelishi mumkin. Bu esa resessiya xavfini oshiradi — mamlakat zamonaviy davrda hali bunday iqtisodiy zarbalarga duchor bo‘lmagan.
Infeksiya tarqalishining oldini olish uchun mamlakat bo‘ylab cheklovlar sabab Xitoy portlaridagi faollik keskin pasayib, global ta’minot zanjirlarini yanada keskinlashtirdi. Xitoy moliya va valyuta bozorlari sotildi, neft va boshqa tovarlar importiga talab pasaydi.
Mahalliy aholi Xitoy Kommunistik partiyasining boshqaruv qobiliyatiga shubha qilmoqda. Vaziyat shu darajaga bordiki, ko‘ngillilar Shanxay aholisiga oziq-ovqat yetkazib berishmoqda.
Omikron Xitoyning o‘nlab shaharlariga kirib bordi. U fevral oyida Gonkongda minglab odamlarni o‘limiga sabab bo‘lgan edi. Ammo Rossiya va Ukraina o‘ratsidagi urush tufayli Xitoy rahbariyati ichki muammolardan chalg‘idi.
Xitoy qimmatli qog‘ozlari 2008 yildagi moliyaviy inqirozdan keyingi eng keskin pasayishini qayd etdi. Iqtisodiyotning qariyb 20 foizini tashkil etuvchi ko‘chmas mulk sohasida qarz o‘sishini sekinlashtirish bo‘yicha ulkan kampaniya boshlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!