15:48 / 11.12.2022
1 494

Kompyuter, klaviatura va boshqa texnik jihozlarga zarar bermasdan qanday tozalash kerak?

Kompyuter, klaviatura va boshqa texnik jihozlarga zarar bermasdan qanday tozalash kerak?
Foto: «Noviy ochag»
Noutbuk va kompyuterlardan qanchalik koʻp foydalanish hisobga olinsa, ularda chang toʻplanishi ajablanarli emas. Shuning uchun tozalashda kompyuter uskunalari va mobil telefonlar e'tibordan chetda qolmasligi juda muhimdir. «Noviy ochag» nashri kompyuter uskunalari, smartfonlar va planshetlarni qanday qilib toʻgʻri va qancha muddatda tozalash, qanday mahsulotlarni hech qachon ishlatmaslik kerakligini ma'lum qildi.

Kastus kompaniyasi tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, smartfonlar hojatxonaga qaraganda 10 barobar koʻproq bakteriyalarni oʻz ichiga oladi. Shunga qaramay, soʻrovda qatnashganlarning 65 foizi mobil telefonlarini hech qachon tozalamasliklarini aytib oʻtgan. Biroq telefon muntazam tozalashga muhtoj boʻlgan yagona qurilma emas. Bu kompyuter, sichqoncha va noutbukka ham tegishli. Agar siz ular muntazam tozalanmasa, bu gadjetlarning barchasi bakteriyalar uchun koʻpayish maydoniga aylanishi mumkin.

Smartfon va planshetni qanday tozalash kerak?
Shuni yodda tutish kerakki, smartfon va planshetlarni tozalashda oyna tozalagichlar, kuchli kimyoviy moddalar yoki tozalovchi erituvchilardan foydalanmaslik lozim. Chunki ular ekran qoplamasiga zarar etkazishi mumkin. Bundan tashqari, ekranga hech narsa sepmaslik kerak.

Ekran uchun mikrofiber kabi yumshoq, tuklarsiz matodan foydalanish mumkin. Uni hech qachon qogʻoz salfetkalar bilan tozalab boʻlmaydi, chunki ular ekranni chizib yuborishi mumkin. Bakteriyalarni olib tashlash uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan maxsus ekran salfetkalari ham mavjud.

Agar ekranda barmoq izlari, chang yoki dogʻlar boʻlsa, ekranni quruq mikrofiber mato bilan bilan artib olish mumkin. Mukammal suratlar uchun kamera linzalarini ham tozalashni unutmaslik lozim.

Noutbukni qanday tozalash kerak?

Foto: «Noviy ochag»
Kompyuter jihozlarini toza holatda saqlash va uni mikroblardan himoya qilish uchun haftada bir marta tozalashni unutmaslik lozim. Smartfonda boʻlgani kabi, noutbukning ustki qismi va korpusini tozalash uchun mikrofiber matodan foydalanish mumkin. Ustki qismdagi dogʻlarni olib tashlash uchun matoni ozgina namlash tavsiya etiladi. Klaviatura ham nam yumshoq mato bilan artib olinadi.

Kompyuter ekranini qanday tozalash kerak?

Foto: «Noviy ochag»
Qora ekranda chang va dogʻni koʻrish ancha oson, shuning uchun avval ekranni oʻchirish tavsiya etiladi. Ekrandagi dogʻlardan xalos boʻlish uchun mikrofiber matodan foydalanish mumkin. Tozalashda juda koʻp bosim oʻtkazmaslik lozim, chunki bu qurilmaga zarar etkazadi.

Agar ekranda oʻta yomon dogʻlar boʻlsa, quruq mato etarli boʻlmasligi mumkin. Keyin ekranni tozalash uchun maxsus vosita yoki salfetkalardan foydalaniladi. Avval kompyuter ishlab chiqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan parvarishlash boʻyicha koʻrsatmalarni tekshirib koʻrish kerak, chunki ularning ba'zilariga tozalash vositalarini ishlatish tavsiya etilmaydi. Agar sepiladigan vositalar ishlatilishi mumkin boʻlsa, avval uni ekranning oʻziga emas, balki toza, tuklarsiz matoga sepiladi. Keyin ekran yuzasi salfetka bilan artib olinadi.

Klaviaturani qanday tozalash kerak?

Foto: «Noviy ochag»
Klaviaturada toʻplanadigan mikroblar soniga hayron qolish mumkin. Printerland tadqiqotiga koʻra, 6,5 sm kvadratga taxminan 3295 mikrob toʻgʻri keladi.

Agar noutbuk klaviaturasini tozalamoqchi boʻlsangiz, avvalo qurilmani oʻchirib qoʻyganingizga ishonch hosil qiling. Klaviatura teskari tomonga qaratilib, tugmachalar orasiga yopishib qolgan changni toʻkib tashlash uchun sekin silkitiladi.

Klaviaturaga yopishtirilgan stiker va boshqa narsalar olinadi, chunki chang ularning qirralariga ham yopishib qoladi.

Makiyaj uchun salfetkada klaviaturaning yuqori qismi artib olinadi, tugmachalardan yogʻ yoki oziq-ovqat qoldiqlari olib tashlanadi. Shuningdek, maxsus antibakterial klaviatura salfetkalardan ham foydalanish mumkin. Klaviatura juda yomon boʻlib ketmasligi uchun haftada bir marta tozalash tavsiya etiladi.

Kompyuter sichqonchasini qanday tozalash kerak?

Foto: «Noviy ochag»
Avval sichqonchani elektr tarmogʻidan uziladi yoki oʻchiriladi va batareyalari chiqarib olinadi. Sichqoncha ozgina namlangan mato bilan artib olinadi.

Kompyuter va boshqa jihozlarni tozalashda nimalar mumkin emas?

Foto: «Noviy ochag»
Hech qachon suyuq tozalash vositalari yoki suvni kompyuterning biron bir qismiga toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash mumkin emas. Har doim mato yoki mikrofiber matoni namlash va u bilan tozalash mumkin. Suv va aksariyat suyuqliklar kompyuterning qisqa tutashuv yoki jiddiy zararlanishiga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, kompyuterni qayta yoqishdan oldin uni toʻliq quritish kerak. Bu koʻp vaqt talab qilmaydi. Agar qurilmani tozalash uchun ishlatgan mato ozgina nam boʻlsa, taxminan 5 daqiqa yoki undan koʻproq kutish mumkin.
Ammiak yoki oqartirgichga asoslangan mahsulotlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Noutbuk va kompyuterni tozalashning asosiy qoidasi sirtga imkon qadar kamroq bosim oʻtkazishdir. Ushbu tamoyilga rioya qilish qurilmaning ishdan chiqishining eng keng tarqalgan sabablaridan birini oldini olishga yordam beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali