
Angliya Premer-ligasining 15-turiga oid bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi va tur jadvalidagi vaziyat yanada qiziqarli tus oldi. Muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilgan o‘yinlarda yetakchi jamoalar muvaffaqiyatli natijalar qayd etishdi, ba’zi bellashuvlarda esa kutilmagan ssenariylar kuzatildi.
“Manchester Siti” ishonchli tarzda yirik hisobda g‘alaba qozondi
Eng e’tiborli o‘yinlardan biri “Etixad” stadionida bo‘lib o‘tdi. 31 ochko to‘plab ikkinchi o‘rinda borayotgan “Manchester Siti” o‘z uyida “Sanderlend”ni kutib oldi va raqibga imkoniyat qoldirmasdan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Belgilangan gollar mualliflari — Diash, Gvardiol va Foden. Ularning aniq zarbalari Pep Gvardiola jamoasining ustunlikni qo‘ldan bermaganini yana bir bor ko‘rsatdi. Aniqki, “Siti” chambarchas imkoniyatlar yaratib, raqibni doimiy bosim ostida ushladi.
Manchester Siti – Sanderlend 3:0
Gollar: Diash 31, Gvardiol 35, Foden 65
Manchester Siti – Donnarumma, Nunes, Diash, O’Rayli, Gvardiol (Ake, 70), Sherki (Savino, 82), Niko, Foden (Reynders, 69), Dok-u, Silva, Holand (Marmush, 69)
Sanderlend – Rufs, Mukiyele, Gertruida, Ballard, Alderete, Hum, Traore, Jaka, Sadiki, Le Free, Izidor (Brobbi, 56)
E’tiborli jihati — Abduqodir Husanov navbatdagi turda ham zaxiradan maydonga tushirilmadi.
“Chelsi” safarda ochko yo‘qotdi
Londonning “Chelsi” jamoasi esa bu turda g‘alabani qo‘lga kiritolmadi. Safarda “Bornmut”ga qarshi kechgan bahsda tomonlar gol urolmasdan, 0:0 hisobida maydonni tark etishdi. Uy jamoasi bir necha xavfli vaziyat yaratgan bo‘lsa-da, Petrovichning ishonchli o‘yini “Chelsi” darvozasini saqlab qoldi.
Maydondagi kurash ancha murosasiz kechdi, biroq zarur gollar kiritilmadi va jamoalar bittadan ochko bilan cheklanishdi.
Bornmut – Chelsi 0:0
Bornmut – Petrovich, Tryuffer, Senesi (Hill, 62), Skott, Smit, Taverniyer, Diakate, Ximenes (Adli, 74), Simenyo, Klyuyvert (Bruks, 74), Evanilson
Chelsi – Sanches, Gusto, Fofana, Chaloba, Kukurelya, Jeyms, Net-u, Palmer (Joao Pedro, 58), Garnacho (Estevao, 77), Delap (Giui, 32)
“Everton” o‘z uyida yirik hisobda zafar quchdi
Turning yana bir kuchli o‘yini Liverpulda bo‘lib o‘tdi. “Everton” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Nottinghem Forest”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Milenkovichning avtogoli, Barrining birinchi taym oxiridagi zarbasi va Dyusburi-Hollning aniq zarbasi mezbonlarga ishonchli g‘alaba keltirdi.
Everton – Nottinghem Forest 3:0
Gollar: Milenkovich 2 avtogol, Barri 45+3, Dyusburi-Holl 80
Everton – Pikford, O’Brayin, Tarkovski, Kin, Mikolenko, Garner, Dyuzberri-Holl, Ndiaye, Alkaraz, Grilish, Barri (Bet-u, 62)
Nottinghem Forest – Zels, Uilyams, Morato, Sangare, Anderson, Gibbs-Uayt, Ndoye, Jezus, Hatchinson, Milenkovich, Savona
Handalakli natijalar: “Tottenhem” va “Nyukasl”dan g‘alabalar
Londonning yana bir klubi — “Tottenhem” ham muxlislarini xursand qila oldi. “Brentford”ga qarshi kechgan bahsda Risharlison va Simonsning go‘zal zarbalari jamoaga 2:0 hisobida g‘alaba taqdim etdi. Ushbu natija “shporlar”ning turnirdagi pozitsiyasiga katta ahamiyat qo‘shdi.
Tottenhem – Brentford 2:0
Gollar: Risharlison 25, Simons43
Tottenhem – Vikario, Romero (Danso, 81), Quddus (Sarr, 80), Porro, Spens, Bentankur (Paliniya, 65), van ve Ven, Grey, Xavi Simons, Risharlison, Kolo Muani (Odober, 74)
Brentford – Kelleher, Ayer, Henderson, van den Berg, Yarmolyuk, Shade, Kollinz, Damsgaard, Kayode, Tiago, Uattara.
“Nyukasl” esa o‘z uyida “Byornli”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Gimaraesning aniq zarbasi va Gordonning penaltidan kiritgan goli jamoaga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
Nyukasl – Byornli 2:0
Gollar: Gimaraes 31, Gordon 45+8 pen
Nyukasl – Ramsdeyl, Sher, Gordon (Joelinton, 74), Tiav, Elanga, Livramento, Uillok, Bern (Hall, 63), Gimaraes, Remzi, Voltemade (Vissa, 74)
Byornli – Dubravka, Uolker, Esteve, Larsen, Ugochukvu, Foster, Florentino, Ekdal, Pires, Kullen, Broyya.
APLning ushbu turidan so‘ng jadvalda raqobat yanada qiziydi. Yetakchi klublar ochkolarni boy bermaslik uchun bor kuchlari bilan harakat qilmoqda. Muxlislar uchun esa dekabr oyi yana bir maftunkor futbol marafoniga aylanishi shubhasiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.