date

Talabalar e’tiboriga: Temir yo‘l va aviachiptalar 50% chegirmada

Talabalar e’tiboriga: Temir yo‘l va aviachiptalar 50% chegirmada
Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga qulay sharoitda borib kelishlarini taʼminlash maqsadida Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qo‘shimcha imtiyozlar joriy qilinmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun temir yo‘l hamda aviaqatnov yo‘nalishlari bo‘yicha 50 foizlik chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Imtiyoz mamlakatning barcha hududlariga — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga qatnovlar uchun amal qiladi. Chegirma taʼtil davrida safarga chiqadigan o‘quvchi va talabalarga qo‘shimcha moliyaviy yengillik yaratishi, shuningdek, tashuvchi tashkilotlar tomonidan yo‘lovchi tashish xizmatlari yanada qulay va ommabop bo‘lishiga xizmat qiladi.

Mutasaddilar taʼkidlaganidek, ushbu chora-tadbirlar yoshlarning xavfsiz, qulay va arzon narxlarda uyga qaytishi, shuningdek, taʼtil yakunida o‘quv maskanlariga o‘z vaqtida yetib borishini taʼminlashga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Talabalar e’tiboriga: Temir yo‘l va aviachiptalar 50% chegirmada