date

Oliy taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddati eʼlon qilindi

Oliy taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddati eʼlon qilindi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, mamlakatdagi barcha oliy, o‘rta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari — davlat, nodavlat, xorijiy taʼlim muassasalari hamda akademik litseylar talaba va o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining qishki taʼtil sanalari belgilandi.

Rasmiy hujjatga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Mazkur qaror taʼlim jarayonida ishtirok etayotgan yoshlar uchun o‘quv yilidagi belgilangan oraliq dam olish muddatini aniq belgilab berish, shuningdek, taʼtil davrini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, taʼlim tashkilotlari mazkur muddatdan kelib chiqib o‘quv jarayonini rejalashtiradi, talaba va o‘quvchilarning taʼtil davrida xavfsiz va mazmunli dam olishlari uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oliy taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddati eʼlon qilindi