
O‘zgidromet 8–11-dekabr kunlariga mo‘ljallangan batafsil ob-havo prognozini e’lon qildi. Tahlillarga ko‘ra, respublikada havo sharoiti o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim hududlarda yomg‘ir, shamol kuchayishi va tuman kuzatilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo nomuntazam bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 9–11-dekabrda ba’zi joylarda 20–22 m/s gacha kuchayishi ehtimol qilinadi. Harorat kechalari 2–10 daraja sovuq, kunduzi esa 3–8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida 8–9-dekabrda ba’zi hududlarda yomg‘ir kuzatiladi. Keyingi kunlarda esa havo yasinlashib, shamol sharqdan kuchayishi mumkin. Harorat kechalari 0–10 daraja sovuq, kunduzi 3–13 daraja iliq oralig‘ida bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 8–9-dekabrda yomg‘ir ehtimoli bor. 10–11-dekabrda tuman tushishi ehtimoli bor. Kechalari 0–7 daraja sovuq, kunduzi 3–10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryoda ham haftaning boshida yomg‘ir kuzatilishi mumkin. Keyingi kunlarda havo barqarorlashib, kunduzgi harorat 12–17 daraja iliqkacha ko‘tariladi.
Andijon, Farg‘ona va Namanganda 8–9-dekabrda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 10–11-dekabrda esa havo quruq. Harorat kechalari 0–5 daraja sovuq, kunduzi 3–11 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi hamda tog‘li hududlarida 8–10-dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuchli bo‘lishi ehtimol qilinmoqda. Harorat kechalari 1–10 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq yoki 3 daraja sovuqqacha pasayishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.