Foto: Lisa
O‘simliklar ham har bir mavsumda alohida parvarishni talab etadi. Agar ularni to‘g‘ri parvarish qilinmasa, chiroyli ko‘rinishini yo‘qotishi va qurib qolishi mumkin. Lisa nashri qishda xona o‘simliklarini qanday parvarish kerakligi haqida ma’lumot berdi.
O‘simliklarni ko‘p sug‘ormaslik kerak
Yaqinda o‘simlik parvarish qilishni boshlagan insonlar qishda ularni qanday sug‘orish kerakligini bilmaydi. Sovuq havoda o‘simliklarning o‘sish tezligi pasayadi, shuning uchun ularga kamroq namlik kerak. O‘simliklarni sug‘orish kerak, biroq o‘simlikning pastki qismida turadigan idishda suv turmasligi o‘rinlidir. Qishda va yozda suvni xona haroratiga moslash kerak. Tuproqning quruqligini har doim ham ko‘z bilan aniqlash mumkin emas, buning uchun siz yog‘och tayoqdan foydalanishingiz mumkin. Agar tayoqcha uchiga yopishgan tuproq nam bo‘lsa, bu sug‘orishga hali erta ekanligini anglatadi.
O‘simliklarni derazaga yaqinroq joyga joylashtiring
Yilning turli vaqtlarida quyosh nurlarining yerga tushish burchagi o‘zgaradi. Qishda o‘simliklarga yorug‘lik yetishmasligi mumkin, shuning uchun ularni deraza tokchasiga qo‘ygan ma’qul. Faqat derazadan shamol kirmasligi, o‘simlikning novdasi va barglari sovuq oynaga tegmasligiga ishonch hosil qiling. O‘simliklarni janubiy yoki janubi-g‘arbiy yo‘nalishda qo‘ygan ma’qul. Novdalarning to‘g‘ri shakllantirish uchun idishlarni oyiga bir necha marta aylantiring.
O‘g‘it solmang
Ko‘pgina xona gullari qishda uyquga ketadi, shuning uchun ular o‘smaydi va rivojlanmaydi. Oziq moddalar isrof qilinmaydi — o‘g‘itlar prinsipial jihatdan kerak emas. Erta bahorda, yosh kurtaklar paydo bo‘lganda, o‘g‘itlardan foydalansa bo‘ladi.
Changni artib oling
Chang teshiklarni yopadi va o‘simlikning nafas olishiga to‘sqinlik qiladi, shu bilan birga gaz almashinuvini buzadi. Hatto qishda ham har hafta o‘simlikdagi changni nam mato bilan artib oling. Bu xona o‘simliklari uchun qulay sharoit yaratadi.
Foto: Lisa
Havoni namlang
O‘simliklar 40-50 foizdan yuqori namlik darajasini afzal ko‘radi. Biroq isitish mavsumi boshlanishi bilan bu ko‘rsatkich tez pasayib boradi. Doimiy purkagich (lekin bu hamma o‘simliklarga ham yoqmaydi) yoki namlagich vaziyatni yaxshilashga yordam beradi, u avtomatik ravishda kerakli namlik darajasini saqlab turadi.
Haroratning keskin o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymang
Qishda ko‘plab o‘simliklar salqinlikka muhtoj, biroq haroratning keskin o‘zgarishi nafaqat barglarga, balki ildiz tizimiga ham yomon ta’sir qiladi. Agar xonani shamollatishga qaror qilsangiz, gullarni derazadan boshqa xonaga o‘tkazing. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSH razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Galaktikalar to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan zarba to‘lqinlari Yerda ham sezildi
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi