Plastik idishlar oziq-ovqatni olib ketish va muzlatgichda saqlash uchun juda qulaydir. Qanday qilib bu idishlarni yangidek saqlash mumkin?
Mikroto‘lqinli pechdan foydalanayotganda ehtiyot bo‘ling
Idishda mikroto‘lqinli pech uchun xavfsiz deb yozilgan bo‘lsa ham uni ortiqcha ishlatmaslik kerak. Bu idishlar ovqatni qaynatishga qadar qizdirishga yaramaydi. Idish ortiqcha qizishdan buzilmasa-da, unga oziq-ovqat hidi va bo‘yoqlari singib ketishi mumkin. Shu bois unda ovqat qizdirsangiz bo‘ladi, lekin taomni qaynatishni istasangiz, buni shisha yoki sopol idishda qilgan yaxshiroq.
Idish yuvish mashinasidan ham ehtiyot bo‘ling
Plastmassa idishlarning idish-tovoq mashinasida yuvish mumkinligiga ishonch hosil qiling. Aks holda, yuvilgandan keyin idish qopqoqlari to‘g‘ri kelmay qolishi ehtimoldan holi emas.
Idishlarni mashinada yuvish mumkin bo‘lsa
Ularni idish-tovoq savatining yuqori tokchasiga qo‘ying va qopqoqlari pastga tushmasligiga ishonch hosil qiling. Qopqoqni panjaraning pastki qismiga qo‘ysangiz, yuvish vaqtida u panjaralar orasiga tushib, mashina tokchasidagi isitish elementiga tegishi mumkin. Yoki unga xavfli darajada yaqin bo‘lishi. Bu holda qopqoq haddan tashqari issiqlikdan erishi yoki deformatsiyalanishi turgan gap.
Rangli mahsulotlarda dog‘ paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik
Idishni bo‘yab qo‘ymaslik uchun oddiy hiyla ishlating. Plastik idishda pomidor sousi saqlamoqchi bo‘lsangiz ichki qismini o‘simlik moyi bilan yupqa qatlamda moylang (qog‘oz sochiq yoki moy purkagich yordamida). Yog‘ ovqat va plastmassa o‘rtasida himoya qatlami hosil qiladi. Agar tarkibni to‘g‘ridan to‘g‘ri idishda qizdirsangiz, usul o‘z samarasini yo‘qotadi.
Plastmassa rangi bo‘yalib bo‘ldimi? Idishni kuchsiz oqartiruvchi eritmaga botirib oling
Bir stakan iliq suvga bir osh qoshiq xlorli sayqallash eritmasi soling. Ichidagi barcha dog‘larni qoplaganligiga ishonch hosil qilish uchun eritmani yetarli miqdorda tayyorlang. 30 daqiqadan ko‘proq namlangan holda qoldiring, so‘ngra issiq sovunli suvda yuving. Eritma oqartiruvchi bo‘lgani uchun yana bir necha marta toza suv bilan yuvib tashlang. Nihoyat, idishni xuddi shu 30 daqiqa davomida toza iliq suvda namlangan holda qoldiring, so‘ng uni to‘kib tashlang. Xlor hidi qolmaydi.
Idishni foydalanilgan zahoti yuving
Bo‘shagan tushlik konteynerini qanchalik tez yuvsangiz, unga kamroq hid o‘rnashib qoladi. Odatda, uni iliq suv va gel bilan yuvishingiz kerak, lekin bu har doim ham ilojsiz. Hech bo‘lmaganda faqat oziq-ovqat qoldiqlaridan holi qiling.
Iste’mol sodasi yordamida hidlardan xalos bo‘ling
Hidlanib qolgan idishlarni iste’mol sodasi bilan asl holatiga qaytarsa bo‘ladi. Idishni iliq suv va gel bilan yuving, so‘ngra soda seping va 5-10 daqiqaga qoldiring. Keyin ohistalik bilan plastmassa idishdagi sodani nam shimgich bilan artib oling. Idish devorlaridagi qoldiqlarni suv bilan yuvib tashlang.
Idishni qachon yangisiga almashtirish kerak?
Axir ulardan doimiy foydalanib bo‘lmaydi. Agar u deformatsiyalangan bo‘lsa, qopqog‘i mahkam joylashmasa, dog‘ va hidlarni yuqoridagi usullarning hech biri bilan ketkazib bo‘lmasa, unda yangisini sotib olish vaqti keldi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi