Ortiqcha vaznni keltirib chiqaruvchi inson turmush tarzi bilan bog‘liq qator omillar mavjud. Quyidagi materialda ana shunday omillar xususida so‘z boradi.
Uyqusizlik
“Xronobiologiya” ilmiy yo‘nalishida sirkad ritmlar tushunchasi mavjud. Asosiysi, uyqu ritmi. U melatonin xronomormoni tomonidan boshqariladi. U pasayganda, tungi dam olish sifati avtomatik ravishda tushadi.
Oqibatda, kech uxlash organizmda yog‘ almashinuvi jarayonini buzadi. Bu gormonal va ovqatlanish tartibining buzilishiga olib keladi. Uxlayotganimizda miyaning tungi ishini va organizmning o‘zini o‘zi yangilash jarayonlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yog‘ning parchalanishi sodir bo‘ladi.
Noto‘g‘ri vaqtda ovqatlanish
Har bir organning maksimal va minimal faollik vaqti bor. Oshqozon ishi uchun eng yaxshi vaqt 7:00 dan 8:30 gacha. Nega? Bu davrda uglevodlar, yog‘lar va oqsillarni parchalaydigan barcha fermentlar ishlab chiqariladi.
Ushbu tavsiyaga amal qilish juda muhim, chunki bu sog‘lig‘ingizga va hatto, vazningizga ijobiy ta’sir qiladi! Bu bir yarim soat ichida qabul qilingan oziq-ovqat faol hazm qilinadi va energiya beradi.
Ovqatlanish uchun eng yomon payt — 19:00 dan 21:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘idir. Oshqozon siz yegan har bir narsa bilan “urishadi”. Kechki ovqatni 17:00 dan 18:30 gacha tanovul qiling va vazn kamayishiga e’tibor bering.
Stress
Kayfiyatimiz yaxshi bo‘lsa, bizda normal gormonal fon mavjud bo‘ladi. Qonda serotonin, dofamin va endorfinlar bo‘ladi. Ammo agar odam stressni boshdan kechirsa, u holda hujayralar safarbar qilinadi. Bu holatda har qanday oziq moddalar yog‘larga aylanadi va “zaxirada” saqlanadi.
Shu bois bunday paytda ovqat yeb qo‘yishdan o‘zingizni tiyishga harakat qiling! Ovqatlanish lazzatini san’at zavqi va yoqimli narsalar haqida o‘ylash bilan almashtirgan ma’qul.
Genetika
Tana vaznini tartibga solishda genetika muhim rol o‘ynaydi. Uning ba’zi o‘zgarishlari metabolizm, ishtahaning me’yorda bo‘lishi va yog‘ birikishida ishtirok etadi. Shuning uchun ular vaznga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu bilan odamning semirishga moyilligi aniqlanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 66 foiz hollarda irsiyat tufayli qo‘shimcha vazn bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi.
Ovqatlanish odatlari
Har bir kishining kunlik iste’mol qiladigan kaloriyalar soni to‘g‘ridan to‘g‘ri vaznga ta’sir qiladi. Agar u organizmning ishlashi uchun zarur bo‘lganidan ko‘proq ovqat iste’mol qilsa, u yog‘ sifatida to‘planadi. Natija — qo‘shimcha kilogramm to‘plami.
Ko‘p shakar, tuz va yog‘ni o‘z ichiga olgan yuqori darajada qayta ishlangan oziq-ovqatlarni yaxshi ko‘radiganlar ortiqcha vaznga ega bo‘lishlari kafolatlanadi. Meva, sabzavot, don, dukkakli va proteinli mahsulotlarga boy parhez sog‘liq uchun ham katta foydadir.
Shuningdek, zararli ovqatlanish odatlari — oziq-ovqatni tez iste’mol qilish va luqmani yetarli chaynamaslik. Bu bilan odam ortiqcha ovqatlanadi. Ovqatni sekin-asta yeyishni mashq qilish, ochlik va to‘yish belgilarini his qilish hamda porsiya o‘lchamiga e’tibor berish to‘g‘ri ovqatlanish va vaznni boshqarishga yordam beradi.
Kasalliklar
Surunkali kasalliklar ham vaznga ta’sir qiladi. Eng ko‘p uchraydigan holat gipoterioz bo‘lib, bunda qalqonsimon bez yetarli darajada gormonlar ishlab chiqarmaydi, bu esa kilogramm ortishiga olib keladi.
Bunda quyidagi kasalliklar ham rol o‘ynaydi: gipogonadizm (jinsiy gormonlar yetishmovchiligi), polikistik tuxumdon sindromi (PCOS) va giperkortizolizm (kortizol darajasining oshishi).
Dori vositalari
Ba’zi dorilar yon ta’sir sifatida kilogramm ortishiga olib keladi. Bularga antidepressantlar, kortikosteroidlar (gormonlar), og‘iz kontratseptivlari, antigistaminlar va gipertoniya dorilari kiradi. Ushbu dori-darmonlarni muntazam iste’mol qilish ishtahaga ta’sir qiladi.
Atrof-muhit
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, atrof-muhit, urbanizatsiya va ijtimoiy-iqtisodiy holatning kuchayishi semirishning sabablaridandir. Iqlimi, geografik va moliyaviy sharoiti noqulay hududlarda aholining ovqatlanishi yomon.
Avvalo, diyetada to‘liq proteinning yetishmasligi, bir qator vitamin va minerallar, shuningdek, kletchatkaga boy taomlarni me’yorda iste’mol qilmaslik holatlari mavjud. Bunday hududlarga yuqori kaloriyali ovqatlar yetkazib beriladi, bu esa harakatsiz turmush tarzi bilan birgalikda kilogramm ortishiga ta’sir qiladi.
Tunda ishlash
Kechasi smenada ishlash ham organizmning tabiiy sirkad ritmini buzishi mumkin. Bu gormonlar darajasi va metabolik jarayonlarning o‘zgarishiga olib keladi, ishtahaga ta’sir ko‘rsatadi. Noma’lum soatlarda odamlar yuqori kaloriyali ovqatlarni iste’mol qiladilar, bu esa ortiqcha vaznga olib keladi.
Ichak mikrobiomasi
Ko‘pchilik laktobakteriyalar va bifidobakteriyalar haqida eshitgan. Ushbu ichak mikroblari ozuqa moddalarini hazm qilinib, so‘rilishiga yordam beradi. Agar ularning muvozanati buzilgan bo‘lsa, ovqat hazm qilish organida nosozliklar paydo bo‘ladi. Bunda odam ich qotishi, shish, disbakterioz, allergiya va semirishdan aziyat chekishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring