Ko‘pchiligimiz ushbu belgilarni bir haftalik sifatli dam olishdan keyin o‘tib ketadigan odatiy charchash bilan bog‘liq, deb o‘ylaymiz. Shunga qaramay shifokorga murojaat qilish zarar qilmaydi.
Zamonning tig‘iz sur’atida har birimiz ko‘p ishlarni bajarishimiz kerak bo‘lsa ham tanaffus qilishni unutmang. Yo‘qsa, vaqt o‘tishi bilan uyqusizlik, befarqlik va hech narsa qilishni istamaslik tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Ayni paytda ba’zilar o‘zlariga tanaffus berishga va biroz sekinlashishga qaror qilishadi, ammo yaxshi dam olishdan keyin yengillikni his qilish har doim ham kafolatlangan natija emas. Agar sizga ushbu holat tanish bo‘lsa, umumiy salomatligingizni diqqat bilan qayta ko‘rib chiqishingizni maslahat beramiz, deb yozadi Woman nashri. Bunday charchoqning ortida ko‘pincha sog‘liq muammolari yashiringan bo‘ladi.
Qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar o‘zini ko‘pincha charchoq bilan namoyon qiladi. Ular organizmda ma’lum bir gormon yetishmasligi tufayli yuzaga keladi. Ushbu kasallikda yosh cheklovlari yo‘q: u yoshlarda ham, keksalarda ham rivojlanishi mumkin. Biroq statistika shuni ko‘rsatadiki, 45-50 yoshdagi odamlar bunday endokrin kasallikka eng ko‘p moyil bo‘ladi.
Endokrinolog ko‘rigiga turtki bo‘lgan yana bir ogohlik belgisi — bu tungi terlash va to‘satdan vazn ortishidir. Ko‘pincha kayfiyat tez-tez o‘zgarib turadi, shu bois buni atrof-muhitga bog‘lamang.
Uyquning qisqa muddatli uzilishi apne sindromi deb ataladi. Nafas olish paytida tanaffuslar o‘rtacha 30 sekunddan oshmaydi, ammo og‘ir holatlarda 2-3 daqiqagacha davom etishi mumkin. Nafas olishda muntazam pauzalar bo‘lsa (soatiga kamida 10-15), apne sindromi uyqu paytida rivojlana boshlaydi.
Agar kishi xurrak otsa, u holda uning uyqusi chuqur fazaga yetib bormaydi, ya’ni kun davomida doimiy charchoq va asabiylashishdan qochib qutula olmaydi. Ko‘pincha apne sindromi to‘g‘ridan-to‘g‘ri semirib ketish bilan bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida saraton kasalligini rivojlanish xavfini oshiradi. Agar xurrak uyquning ajralmas qismi bo‘lsa, jiddiy kasalliklar rivojlanishining oldini olish uchun darhol shifokorga murojaat qilishingiz zarur.
Doimiy uyquchanlik temir tanqisligi anemiyasining aniq belgisidir. Ko‘pincha tug‘uruq yoshidagi ayollar xavf ostida sanaladi. Temir tanqisligi (ayniqsa, homilador ayollarda) ishlashning pasayishi, kognitiv buzilish, immunitetning pasayishi va doimiy charchoqqa sabab bo‘ladi.
Anemiyani davolash va oldini olish uchun mutaxassis ko‘rsatmasini olish kerak. Ko‘pincha bu kasallik maxsus inyeksiya va dori-darmonlar bilan davolanadi, lekin ko‘pincha unga maxsus ovqatlar (tofu pishloq, tuxum sarig‘i, qovoq urug‘i, bodom va qora shokolad) bilan diyetani qayta ko‘rib chiqish kifoya qiladi.
Qanchalik tez-tez chanqaganingizga e’tibor berganmisiz? Va u qanchalik kuchli? Agar sizning javoblaringiz “tez-tez” va “kuchli” bo‘lsa, darhol shifokor bilan maslahatlashing, chunki bularning barchasi qonda qand darajasining balandligidan bo‘lishi mumkin. Ushbu belgilarga qo‘shimcha ravishda qandli diabet vaqti-vaqti bilan tumanli ko‘rish, teri va shilliq pardalarning qichishi, tez-tez uchraydigan yuqumli kasalliklar bilan ajralib turadi.
Ko‘pchiligimiz depressiyani jiddiy kasallik sifatida qabul qilmaymiz. Depressiyani aniqlash juda oson. Ushbu kasallikdan aziyat chekayotgan odam ertalab o‘rnidan turishni xohlamaydi, chunki u buning mohiyatini ko‘rmaydi. Bunday insonlar doimo uxlashni afzal ko‘radi, fikrlari ham doimiy g‘amginlik va qayg‘u bilan band bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring