07:41 / 17.04.2024
212

Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati

Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati
Foto: Marie Claire
May—iyun sersuv, qip-qizil totli qulupnay pishib yetilgan vaqt. Uning qanchalik mazali ekanligini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Biz mutaxassislar va diyetologlar bilan birga uning boshqa foydali xususiyatlariga to‘xtalmoqchimiz, deb yozadi Marie Claire nashri.

Qulupnay xotirani yaxshilaydi

So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, qulupnay iste’mol qilish miyaning qarish jarayonini sekinlashtiradi, ya’ni uning funksional muddatini uzaytiradi, bu bizga uzoq vaqt davomida aql-idrok va kuchli xotirani saqlashga imkon beradi. Qizig‘i shuki, har kuni qulupnay iste’mol qilish qisqa muddatli xotirani yaxshilashini isbotlovchi tadqiqot ham mavjud. So‘nggi voqealarni eslab qolish qobiliyatining yomonlashishi Alsgeymer kasalligining boshlanishi bilan bog‘liqligini hisobga olganda juda muhimdir.

Qulupnay ko‘rish qobiliyatini oshiradi

Qulupnay nafaqat xotira, balki ko‘rish qobiliyati uchun ham foydalidir. Ko‘pgina tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, qulupnayni har kuni iste’mol qilish ko‘z pardasi kasalliklari, katarakta, ko‘zlarning quruqlashishi, progressiv ko‘rlik va boshqa muammolarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Rezavorlarning noyob biokimyoviy tarkibi nafaqat ko‘rishning buzilishiga olib keladigan ko‘plab kasalliklarning paydo bo‘lishining oldini oladi, balki mavjud kasalliklarni ham progressiv davolashga yordam beradi.

Qulupnay antioksidantlarga boy

Antioksidantlar organizmni erta qarishdan va jiddiy kasalliklardan himoya qiladi. Olimlarning ta’kidlashicha, qulupnay tarkibida ko‘p miqdorda fenolik birikmalar — antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lgan bioflavonoidlar mavjud. Qulupnayni har kuni iste’mol qilish organizmning turli tashqi zararli ta’siriga qarshi turish qobiliyatini oshirishi isbotlangan. Bitta muhim nyuans — mevaning rangi qanchalik to‘q qizil bo‘lsa, shunchalik antioksidantlarga boydir.

Qulupnay ellagik kislota manbayi hisoblanadi

Ellagik kislota — hujayra siklining regulyatori bo‘lib, u ko‘pincha meva, yong‘oq va rezavorlar ekstraktlarida uchraydi. Ushbu modda saraton hujayralari mutatsiyasini to‘xtata olgani tufayli ancha mashhur. Ellagik kislota miqdori bo‘yicha barcha mahsulotlar orasida qulupnay uchinchi o‘rinni egallaydi. Shuningdek, bu modda yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, immunitetni mustahkamlaydi.

Foto: Marie Claire
Qulupnayda C vitamini miqdori ko‘p

C vitamini yoki askorbin kislotaning asosiy manbalari limon va apelsin ekanligi ma’lum. Ayni paytda qulupnay ham bu moddaga boy mevadir. Bir hovuch qulupnayda bitta apelsindan ko‘ra ko‘proq C vitamini mavjud. Shuni yodda tutish kerakki, faqat issiqxonada emas, balki quyosh nuri ostida o‘stirilgan, yetilib pishgan qulupnayda shunday tarkib bo‘ladi. Eng qizig‘i, bu vitamin muzlatilgan qulupnayda yangi uzilganida bo‘lgani kabi deyarli bir xil miqdorda saqlanib qoladi. Ammo murabbo va konservalangan qulupnayda yuqori harorat sabab vitamin yo‘qoladi.

Qulupnay saraton kasalligining oldini oladi

Bugungi kunda saraton va uning oldini olish usullarini o‘rganish uchun har yili yuzlab tadqiqotlar olib boriladi. Ulardan ba’zilari ma’lum oziq-ovqatlarni muntazam iste’mol qilish saraton rivojlanish ehtimolini kamaytirishga yordam berishini ko‘rsatadi. Bu ro‘yxatga qulupnay mevasi kiritilgan. C vitamini, ellagik kislota, antosiyanin, kaempferol va boshqa foydali moddalarning yuqori konsentratsiyasi tufayli ushbu “berry” saratonning ayrim shakllarini rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Qulupnayning bu xususiyatini tasdiqlovchi so‘nggi tadqiqotlar orasida Ogayo universiteti saraton tadqiqot markazining xulosasi bor.

Foto: Marie Claire
Qulupnay qomatga ijobiy ta’sir qiladi

Birinchidan, shirin qulupnay past kaloriyali hisoblanadi. 100 grammda atigi 33 kilokaloriya bor. Ikkinchidan, u past glisemik indeksga ega, ya’ni u yog‘larning organizmda to‘planib qolishini oldini oladi. Uchinchidan, uning tarkibida yog‘ni erituvchi moddalar mavjud. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, tanlangan diyetaning samaradorligi unga kunlik qulupnay iste’molini kiritganlarda 24 foizga oshadi. Qulupnay tarkibida ko‘p bo‘lgan antosiyanin bu vazifani bajaradi.

Qulupnay qonda qand miqdorini normallashtiradi

Qulupnay qandli diabetga chalinganlar yeyishi mumkin bo‘lgan shirin mevalardan biridir. Har tomonlama noyob tarkibi, shuningdek, yuqori darajadagi fitonutrientlar tufayli u qondagi qand miqdorining keskin oshishiga hissa qo‘shmaydi. Bundan tashqari, uning so‘rilishini sekinlashtiradi. Shu sababli diabet rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan odamlar uchun ham tavsiya etiladi.

Qulupnay yurakka foyda

Ushbu mevaning ko‘plab yurak-qon tomir kasalliklarining paydo bo‘lish va rivojlanish xavfini kamaytirishi isbotlangan. Yuqorida bayon etilganidek, qulupnay turli xil vitaminlar va antioksidantlarga boy. Pishgan rezavorlarda magniy va kaliy ham uchraydi. Ikkalasi qon bosimini normallashtirishda, shuningdek, suyuqlikning turg‘unligidan hosil bo‘ladigan shishning oldini oladi.

Allergiyaga moyil insonlarga qulupnay tavsiya etiladi

Ajablanarlisi shuki, bunday bahsli meva har xil turdagi allergiya bilan og‘rigan odamlar uchun tavsiya etilganidir. Yillar mobaynida shu kabi muammolarga duch kelganlar yetilib pishgan, xushbo‘y, xushta’m mevadan uzoqroq turishi kerakmi? Yo‘q, noyob biokimyoviy tarkibi tufayli qulupnay yallig‘lanishni va allergiya bilan bog‘liq ayrim biokimyoviy reaksiyalarni bostiradi.

Bundan tashqari, qulupnay bo‘lg‘usi onalarga ham tavsiya etiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agar ayol homiladorlik paytida qulupnay iste’mol qilsa, bolada qulupnayga nisbatan allergiya rivojlanish xavfi minimal bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati