Tanadagi suv balansini mo‘tadil saqlash sog‘lom turmush tarzining asosiy qoidalaridan biridir, chunki inson organizmining 80 foizini tashkil etuvchi suv uning barqaror ishlashi, ovqat hazm qilish, qon aylanishi, yurak faoliyati va miyani nazorat qilish kabi muhim jarayonlar uchun zarurdir. Bundan tashqari, suvga to‘yingan organizm terisi go‘zal va yosh ko‘rinishiga yordam beradi.
Foto: Wday
Turli shifokorlar tomonidan iloji boricha ko‘proq suv (kuniga 2 litrdan ortiq) ichish kerakligi haqida tavsiyalarni eshitamiz, ammo organizmda ortiqcha suyuqlik to‘planishi nimaga olib kelishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?
Nima uchun ba’zilar tez-tez suv ichmay turolmaydi?
Doimiy chanqashning asosiy sabablaridan biri qondagi suv va tuz balansining buzilganidadir. Xuddi shunday jarayon sport bilan shug‘ullanish yoki issiq havodan terlaganda sodir bo‘ladi. Suv va tuz balansi buzilishi, ikkinchi tomondan, ba’zi kasalliklar tufayli sodir bo‘lishi mumkin.
Ko‘p suv ichishning oqibatlari
Yodingizda tuting: ortiqcha suv iste’moli uning tanqisligi kabi birdek zararli. Suyuqlik bilan haddan tashqari to‘yingan organizmda ortiqcha gidratsiya sodir bo‘ladi va bu kaliy va natriy yetishmovchiligini rivojlantiradi. Har kuni tanangizga keragidan ortiq miqdorda va majburan suv ichish quyidagi oqibatlarga olib keladi:
- shishlar;
- qon bosimining oshishi;
- bosh og‘rig‘i;
- immunitetning pasayishi;
- oshqozon-ichak infeksiyalari (me’da shirasining suyuqlashib ketishi tufayli);
- qonning suyuqlashib ketishi va giponatremiya (uyquchanlik, bosh aylanishi va ongni yo‘qotishga olib keladigan kasallik) rivojlanishi;
miya va o‘pkaning shishib ketishi (giponatremiyaning oqibatlari).
Foto: Wday
Barcha uchun birdek mos universal suv ichish rejimi mavjud emas. Iste’mol qilinadigan suv miqdori individual ravishda hisoblanadi va u ko‘plab omillarga bog‘liq, jumladan:
- insonning jinsi, vazni, yoshi;
- jismoniy faoliyat;
- ob-havo sharoiti: harorat va namlik;
- oziq-ovqatning kunlik miqdori, sifati va tarkibi;
- umumiy salomatlik, kasalliklarning mavjudligi, qabul qiladigan dorilari.
Tananing suvga bo‘lgan individual ehtiyojini hisoblash bo‘yicha ko‘rsatma sog‘lom bo‘lgan kattalar uchun 1 kg vaznga 30 millilitrni tashkil qiladi.
Ma’lum guruhga kiruvchi shaxslar ko‘p miqdorda suv ichishda ehtiyot bo‘lishlari va faqat mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan suyuqlik iste’moli bo‘yicha tavsiyalardan foydalanishi lozim. Masalan, gipertoniya va buyrak yetishmovchiligi kabi surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar kamroq suyuqlik ichishi hamda shifokorning tavsiyalariga qat’iy rioya qilishi kerak.
Tana ehtiyojidan ortiq ichilgan suyuqlik quyidagilarga olib keladi:
- buyraklarda ortiqcha og‘irlikni keltirib chiqaradi, chunki buyraklar suvni filtrlaydi, uni iflosliklardan tozalaydi;
- organizmdan foydali tuzlar va minerallarni yuvadi;
- yumshoq to‘qimalarning shishishiga olib keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi